Bugun köplab sohalar qatori mamlakat mudofaa tizimida ham islohotlarning yangi bosqiçi samaralari közga taşlana boşladi. Milliy armiyani isloh qilişga qaratilgan yondaşuvlar ham tubdan özgardi. Bunda yoşlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş masalasiga balandparvoz şiorlar emas balki, amaliy harakatlar bilan yondaşilmoqda. Xususan, harbiy kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş, harbiy xizmatçilarni ijtimoiy himoya qiliş böyiça çora-tadbirlar tizimli ravişda amalga oşirilmoqda, deb yozadiÖzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati Tölqin Karimov.
Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahbarligida 2019 yil 12 martda ötkazilgan videoselektorda mazmun va mohiyat nuqtai nazaridan milliy ruhimiz, şonli tariximiz va vatanparvar ajdodlarimizga munosib bölgan qasamyod matnini tayyorlaş maqsadida bundan 27 yil avval qabul qilingan «Harbiy qasamyod» matnini qayta körib çiqiş, bunda harbiy xizmatçilar ongiga Vatanga, harbiy burçga sodiqlik hissini yanada çuqurroq singdiriş, şuningdek amaldagi «Harbiy qasamyod» örniga «Vatanga qasamyod»ni joriy qiliş uçun huquqiy asoslar yaratiş böyiça takliflar ilgari surilgan edi.
Uşbu takliflarning amaldagi röyobini taʼminlaş maqsadida Oliy Majlis Qonunçilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida»gi Özbekiston Respublikasining Qonuniga özgartişlar kiritiş haqida»gi Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi tayyorlandi.
Qonun loyihasi bilan «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 3- va 39-moddalariga harbiy qasamyod örniga Vatanga qasamyod matnini mustahkamlovçi normalarni nazarda tutuvçi özgartişlar kiritiş taklif etilmoqda.
Loyihada Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Içki işlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, şuningdek Özbekiston yozuvçilar uyuşmasi vakillari iştirokida yangidan işlab çiqilgan «Vatanga qasamyod» matni asos qilib olindi. Yangi Vatanga qasamyod matni deputatlar tomonidan atrofliça muhokama qilinib, xalq va armiya birligini taʼminlaşda, Vatanga sadoqat degan muqaddas ğoya atrofida xalqimizni jipslaştirişda aynan Ona yurtga - Vatanga qasamyod keltirişning beqiyos ahamiyati töğrisida ijobiy xulosalar berildi.
Şuningdek, qonun loyihasini tayyorlaş jarayonida ilğor xorijiy mamlakatlar tajribasi örganib çiqildi va milliy ruhimiz, şonli tariximiz va vatanparvar ajdodlarimizga munosib vorislar bölişga undaydigan qasamyod matnini bayon etişga alohida eʼtibor qaratildi.
Xususan, Vatanga qasamyod matnida davlat timsoli bölmiş bayroqning muqaddasligini uluğlaş, buyuk ajdodlarimizni qadrlaş, Qurolli Kuçlar safiga kirayotgan yoşlarning Vatan oldidagi burçini halol bajarişga bel boğlayotgani, vijdoni, or-nomus va şaʼnini örtaga qöyib, Özbekiston Respublikasiga, xalqiga, prezidentiga bir umr sodiq bölişga, Vatan mustaqilligini, uning sarhadlari daxlsizligini, xalqining tinçligi va osoyiştaligini, milliy manfaatlarini sönggi nafasigaça himoya qilişga, Özbekiston Respublikasiga qaratilgan har qanday tajovuz va ğarazli harakatlarga qarşi ayovsiz kuraşişga, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari va umumharbiy nizomlariga qatʼiy amal qilişga, davlat va harbiy sirlarni saqlaşga, quruqlikda, suvda, havoda – har qanday şaroitda ham öz burçini vijdonan bajarişga, el-yurtining yuksak işonçini oqlaşga tantanali ravişda qasamyod qilişi kabi niyatlar mujassam etilgan.
Mazkur qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan tez kunlarda birinçi öqişda körib çiqilişi kutilmoqda, deb yozadi deputat









