Mirziyoyev Özbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilişga qasamyod qildi

Mirziyoyev Özbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilişga qasamyod qildi

Bugun, 6 noyabr kuni Oliy Majlis Senatining yangi binosida Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirişiş marosimi boşlandi. 

Özbekiston Konstitutsiyasining 92-moddasiga binoan, Özbekistonning saylangan Prezidenti Şavkat Mirziyoyev quyidagiça qasamyod qabul qildi.

“Özbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilişga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etişga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berişga, Özbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarişga tantanali qasamyod qilaman”, deydi Şavkat Mirziyoyev.

Qonunçilikka köra, Prezident Oliy Majlis palatalari yiğilişida qasamyodni qabul qilgan paytdan boşlab öz lavozimiga kirişgan hisoblanadi.

Inauguratsiya Senatning (parlament yuqori palatasi) yangi binosida bölib ötmoqda. Ötgan safar – 2016 yilning 14 dekabrida uşbu marosim Qonunçilik palatasi (parlament quyi palatasi) binosida bölib ötgandi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 24 oktyabr kuni ötkazilgan Özbekiston Prezidenti saylovining natijalariga köra, ÖzLiDep nomzodi Şavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan ğalaba qozondi. 

Maʼlumot uçun, saylovda iştirok etgan nomzodlar quyidagiça ovoz töpladi:

•  Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Bahrom Abdurahimoviç Abduhalimov – 3,4 foiz;

•  Özbekiston Ekologik partiyasidan nomzod Narzullo Naimoviç Oblomuradov – 4,1 foiz;

•  Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan nomzod Alişer Keldiyeviç Qodirov – 5,5 foiz;

•  Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Maqsuda Azizovna Varisova – 6,6 foiz;

•  Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev – 80,1 foiz.

×