Ikkinçi bor saylangan Mirziyoyev qaçon qasamyod qilişi maʼlum böldi

Ikkinçi bor saylangan Mirziyoyev qaçon qasamyod qilişi maʼlum böldi

Ikkinçi marta Özbekiston Prezidenti etib saylangan Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 6 noyabr kuni öz lavozimiga kirişadi. Bu haqda TASS manbasiga tayanib yozmoqda.

“24 oktyabr kuni bölib ötgan Özbekiston Prezidenti saylovida 80,12 foiz ovoz töplab, ğalaba qozongan Şavkat Mirziyoyevning inauguratsiyasi şanba kuni (6 noyabr kuni) bölib ötadi. Marosimda parlamentning yuqori va quyi palatalari aʼzolari hamda respublika hukumati aʼzolari, şuningdek, diplomatik korpus vakillari iştirok etişi kutilmoqda”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilişiça, inauguratsiya Senatning (parlament yuqori palatasi) yangi binosida bölib ötadi, uni bezaş işlari endigina yakunlanmoqda. Ötgan safar – 2016 yilning 14 dekabrida uşbu marosim Qonunçilik palatasi (parlament quyi palatasi) binosida bölib ötgandi.

Marosimda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxöjayev Mirziyoyevga prezidentlik guvohnomasini topşirişi kutilmoqda. Qasamyod qabul qilganidan söng unga şu yil oktyabr oyida taʼsis etilgan prezidentlik hokimiyatining öziga xos belgilari – kökrak nişoni va bayroği ham topşiriladi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 24 oktyabr kuni ötkazilgan Özbekiston Prezidenti saylovining natijalariga köra, ÖzLiDep nomzodi Şavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan ğalaba qozondi. 

Maʼlumot uçun, saylovda iştirok etgan nomzodlar quyidagiça ovoz töpladi:

•  Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Bahrom Abdurahimoviç Abduhalimov – 3,4 foiz;

•  Özbekiston Ekologik partiyasidan nomzod Narzullo Naimoviç Oblomuradov – 4,1 foiz;

•  Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan nomzod Alişer Keldiyeviç Qodirov – 5,5 foiz;

•  Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Maqsuda Azizovna Varisova – 6,6 foiz;

•  Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev – 80,1 foiz.

×