Falastinning yangi hukumati qasamyod qildi

Falastinning yangi hukumati qasamyod qildi

Falastin Boş vaziri etib tayinlangan Muhammad Mustafo qasamyod qildi. Bu haqda Falastinning WAFA axborot agentligi xabar berdi.


Falastin Prezidenti Mahmud Abbos Vazirlar Mahkamasining birinçi yiğilişiga raislik qildi. Uning taʼkidlaşiça, yangi hukumatning masʼuliyati bosib olingan Ğarbiy Sohil, şuningdek, Şarqiy Quddus va Ğazo sektoriga ham tegişli. Unga köra, hukumat öz vazifalarini qonun doirasida amalga oşiriş uçun barça vakolatlarga ega. Prezident hukumat keng kölamli institutsional islohotlar ötkaziş va barça falastinliklarga sifatli xizmat körsatiş niyatida ekanini taʼkidladi.

“Biz Ğazo sektorida gumanitar yordam körsatiş, Ğazo va Ğarbiy Sohilni rekonstruktsiya qiliş, Falastin iqtisodiyotini jonlantiriş böyiça saʼy-harakatlarni maksimal darajada oşirişga harakat qilamiz. Bizning siyosiy maqsadimiz ozodlik, mustaqillikka erişiş va işğoldan xalos bölişdir. Şu bilan birga, Falastin davlatini Birlaşgan Millatlar Taşkilotining tölaqonli aʼzoligiga aylantiriş uçun tegişli arab va xalqaro tomonlar bilan hamkorlik qilamiz”, deydi Abbos.

U Falastin maʼmuriyati Falastin hududlarini birlaştiriş va milliy yaraşuvga erişiş yölida faoliyat yuritişda davom etişini aytib, yangi hukumat Falastinning barça hududlarida, xususan, bosib olingan Şarqiy Quddusda umumiy va prezidentlik saylovlarini taşkil etişga tayyorgarlik körişi kerakligini taʼkidladi.

Maʼlumot uçun, Falastin maʼmuriyati 2021 yilda umumiy saylovlar ötkazilişini eʼlon qildi, biroq Isroil bosib olingan Şarqiy Quddusda saylov ötkazişga ruxsat bermagani uçun saylovlar bekor qilindi. Falastinda oxirgi umumiy saylovlar 2006 yilda bölib ötgan.

Eslatib ötamiz, Isroilning Ğazoga uyuştirgan hujumlari oqibatida yuzaga kelgan gumanitar falokatdan söng, 26 fevral kuni Falastinning sobiq boş vaziri Muhammad Ştaye 2019 yildan beri egallab turgan lavozimidan isteʼfoga çiqişini eʼlon qilgandi. 14 martda Falastin Prezidenti Abbos yangi hukumatni şakllantiriş uçun Falastin milliy jamğarmasi direktori Muhammad Mustafoni tayinladi. Boş vazir Mustafo 28 mart kuni yangi vazirlar mahkamasi tarkibini Abbosga taqdim etdi. Abbos Prezident farmoni bilan hukumatga işonç votumini eʼlon qildi.


Teglar:
×