Ijtimoiy tarmoqlarda Farğona viloyatida aholini ogohlantirmay avtomobilda harakatlaniş uçun maxsus ruxsatnoma bekor qlinib, maşinalarni jarima maydoniga olib kiriş boşlangani haqida xabar tarqaldi. Kutilmaganda bunday taqiq örnatilişi daromadidan ayrilgan bir haydovçi özini öldirişga uringanda, uni qutqarib qolişgani ham maʼlum qilindi.
Farğona viloyati IIB mazkur holat böyiça örganiş ötkazib, quyidagilarni maʼlum qildi.
Keça, 22 iyul kuni soat 16:10 da Farğona şahri va Toşloq tumanlari çegarasida taşkil etilgan karantin postida xizmat olib borayotgan viloyat IIB YHXB xodimi Ş.A. Toşloq tumanidan Farğonaga qarab, harakatlanib kelayotgan toşloqlik fuqaro Yu.N. boşqaruvidagi Lacetti rusumli avtomaşinani töxtatgan va haydovçidan avtomobilning karantin vaqtida harakatlanişi uçun berilgan ruxsatnomani talab qilgan. Haydovçi esa, xeç qanday ruxsatnoma taqdim qila olmagan.
Natijada avtomaşina vaqtinçalik jarima maydoniga olib kelinib, Farğona şahar Sanitariya epidimiologiya osoyiştalik markazi xodimlari tomonidan fuqaro Yu.N.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Fuqaro Yu.N. qoidabuzarligi uçun qonunçilikda belgilangan jarima summasini tölaşdan böyin tovlaş maqsadida jarima maydonidagi daraxtga özini osmoqçi bölgan.
Milliy gvardiya xodimlari tomonidan fuqaro Yu.N.ning xatti-harakatlari töxtatib qolingan.
Maʼlumot örnida, tuman, şahar hokimliklari, viloyat boşqarma va taşkilotlari tomonidan avtotransport vositalarini harakatlanişi uçun joriy etilgan barça turdagi ruxsatnomalar, röyxatlar, maʼlumotnomalar va stikerlar (Davlat xizmatlari agentligi tomonidan berilgan stikerlar bundan mustasno) 2020 yil 22 iyul kunidan bekor kilingani aytilgan.
Eslatib ötamiz, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan 2020 yil 10 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar respublika miqyosida avtotransport vositalarinnng harakatini çeklangan.
Maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanişga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07:00 dan – 10:00 gaça, 17:00 dan – 20:00 gaça) fuqarolarning iş joyiga borib-kelişi, dori vositalari, oziq-ovqat va birinçi galdagi mahsulotlarni xarid qiliş uçun harakatlanişiga ruxsat beriladi.









