«Çuqur tahlil ötkazmoqda» — SSV Samarqanddagi noxuş hodisa böyiça qöşimça axborot berdi

«Çuqur tahlil ötkazmoqda» — SSV Samarqanddagi noxuş hodisa böyiça qöşimça axborot berdi

Avvalroq Samarqanddagi bolalar şifoxonasida Dok-1MAKS preparati sabab 15 nafar bola vafot etgani haqida maʼlumot tarqalgandi.

Holat böyiça SSV matbuot xizmati munosabat bildirib, vaziyat örganilayotgani haqida maʼlum qilgandi.

Qöşimça axborot berilişiça, bemorlarda çuqur tahlil ötkazilmoqda.

«Samarqand şahrida «Dok-1 Maks» tabletka va sirop dori vositalari oqibatida nojöya taʼsirlar kuzatilgani gumon qilingan bemorlar holati yuzasidan Soğliqni saqlaş vazirligi maxsus işçi guruhi viloyatda örganiş olib bormoqda.

Uning tarkibiga vazirlik, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi xodimlari, bolalar nefrologi, pediatr kabi malakali mutaxassislar kiritildi. Ular har bir gumon qilingan bemor bola anamnezi böyiça çuqur tahlil ötkazmoqda. Xulosa natijalari haqida qöşimça maʼlumot beriladi», deyiladi vazirlik xabarida.


×