2020 yilning 28 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Asakada piçoqbozlik» sarlavhasi ostida videotasvir tarqaldi. Mazkur holat Andijon viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan örganib çiqildi.
Maʼlum bölişiça, 2020 yil 22 iyun kuni soat 10:00 larda Asaka tumani Beruniy MFY hududida joylaşgan «Sulton Saroy» kafesi oldida taniş bölgan bir qizga qönğiroq qilganlik uçun özaro janjal çiqqan. Janjal iştirokçilaridan biri yonida bölgan xöjalik piçoği bilan raqibining öng orqa kökrak sohasiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat 22.06.2020 yilda Asaka tumani IIBning navbatçilik qismidagi jinoyat haqidagi hodisa va xabarlarni röyxatdan ötkaziş 2-şakl jurnalidan 422-raqam bilan qayd etilib, hodisa joyiga tuman IIB tergov-tezkor guruhi aʼzolari çiqişib, voqea joyi közdan keçirilgan.
Uşbu holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekşiruv davomida 22.06.2020 yilda fuqaro S.N.dan D.O.ga tan jarohati yetkazgan bir dona xöjalik piçoği hamda D.O.ning hodisa vaqtida egnida bölgan ustki kiyimlari xolislar iştirokida bayonnoma orqali olingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar S.N.dan D.O.lardan tuşuntiriş xatlari olinib, 23.06.2020 yilda fuqaro D.O.ni olgan tan jarohatini oğirlik darajasini aniqlaş uçun sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Şuningdek, töplangan tergovga qadar tekşiruv materiallari böyiça sudga oid tibbiy-kriminalistika va sudga oid biologiya ekspertizalari tayinlangan.
Hozirda mazkur holat böyiça Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.









