Toşkent viloyati IIBB deputatni obrösizlantiruvçi video böyiça rasmiy maʼlumot berdi

Toşkent viloyati IIBB deputatni obrösizlantiruvçi video böyiça rasmiy maʼlumot berdi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda xalq deputatlari Örtaçirçiq tumani deputati Feruza Jörabayevnani obrösizlartirişga qaratilgan video tarqatilayotgani haqida xabar bergan edik. Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi deputat bilan boğliq vaziyat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Qayd etilişiça, Toşkent viloyatida jinoyatçilik va huquqbuzarliklarni oldini oliş, jazo muqarrarligi va qonun ustuvorligi taʼminlaş böyiça içki işlar boş boşqarmasi va hamkorlikdagi taşkilotlar bilan “Xavfsiz hudud” va “Xavfsiz tun” tezkor-profilaktik tadbirlari ötkazilib kelinmoqda.

Jumladan, tadbir davomida Böstonliq tumani “Xumson” mahallasida yaşovçi fuqaro viloyat IIBBga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida “Sarvar” va “Bahrom” ismli şaxslar tumandagi “Çorboğ gözal boği” jamiyati hududida joylaşgan dala hovlilarda işratxona taşkil qilib, kunlik ijaraga berişini va u yerda şaxslarni jinsiy aloqa qilişlari uçun şart-şaroit yaratişini maʼlum qilgan va ularga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.

Uşbu murojaatga asosan joriy yilning 2 oktyabr kuni IIBB tezkor xodimlari tomonidan ötkazilgan tekşiruv davomida, murojaatda körsatilgan dala hovli közdan keçirilgan. Öşa vaqtda ham xonadonda ikki nafar ayol, ikki nafar erkak kişilar borligi, ulardan, fuqaro F.B. (ayol) va D.Ş. (erkak) jinsiy aloqada bölayotgani aniqlangan.

Suhbat ötkazilganda ular alkogol mahsulotlari isteʼmol qilişgani va işqiy munosabatda böliş maqsadida kelganligini maʼlum qilganlar.

“Hozirda mazkur jarayon aks etgan video tasvirning ijtimoiy tarmoqlardagi özaro yozişmalar orqali tarqalgani holati yuzasidan qöşimça suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Şu örinda qayd etiş joiz, bu kabi odob-axloq bilan boğliq qonun buzilişi holatlariga qarşi viloyat IIBB tomonidan muntazam ravişda tezkor profilaktik tadbirlar ötkazib boriladi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Qiziq, IIBB xodimlari tomonidan ötkazilgan reydlar videosi qanday qilib ijtimoiy tarmoqqa tarqaldi? Özbekiston huquq tartibot idoralarida şaxsga doir maʼlumotlar himoyasi şu qadar zaifmi?

×