“Abu Saxiy”dagi piçoqbozlik böyiça IIV rasmiy maʼlumot berdi

“Abu Saxiy”dagi piçoqbozlik böyiça IIV rasmiy maʼlumot berdi

Joriy yilning 16 dekabr kuni soat 16:30lar atrofida, Çilonzor tumanidagi «Toşkent savdo markazi» bozori (sobiq «Abu Saxiy») hududidagi dökon yonida 1995 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan fuqaro N.M. özining 1991 yilda tuğilgan akasi O.M. bilan janjallaşib qolgan.

Maʼlum bölişiça, 16 dekabr kuni soat 16:30 da 27 yoşli Nuriddin M., qasddan badanga oğir şikast yetkaziş maqsadida, Çilonzor tumanida joylaşgan «Toşkent savdo bozori»ning 5 ayvon G-qatorida böla turib, şu yerda bölgan akasi 29 yoşli Oybek M., bilan özaro kelib çiqqan janjal natijasida akasi Oybek M.,ni qölida bölgan «Yeverrich» nomli oşxona piçoği bilan öng tomon kökrak qafasiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan va jinoyat joyidan yaşiringan. Natijada Oybek M., olgan tan jarohati bilan şifoxonada vafot etgan.

Toşkent viloyati Zangiota tumani tibbiyot birlaşmasining maʼlumotnomasiga köra, Oybek M., ölimi “öng kökrak qöltiq ostiga teşib kiruvçi sançib kesilgan jarohati” natijasida kelib çiqqanligi aniqlangan.

IIV huzuridagi Tergov departamentining maʼlumotiga köra mazkur holat yuzasidan Çilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Nuriddin M., ga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Jinoyat işi böyiça Nuriddin M., ga nisbatan JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan ayblov eʼlon qilinib, söroq qilinib, unga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan. Voqea joyidan daliliy aşyo sifatida oşxona piçoği, qon doğlari va kuzatuv kamerasidagi videoyozuv olingan.

Manba: Effect.uz

Teglar:
×