Markaziy Osiyo böyiça ekspert Arkadiy Dubnov öz manbalariga asoslanib, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning singlisi Durdinabat Rejepovaning sunʼiy nafas oldiriş qurilmasiga ulangani, uning turmuş örtoği Annanazar Rejepovning esa COVID-19dan vafot etganini maʼlum qildi.
Bu haqda "Xroniki Turkmenistana" saytida xabar berildi.
Taʼkidlanişiça, Annanazar Rejepov öğli Xojimurod bilan birgalikda butun mamlakat böylab eng yaxşi maʼmuriy, çakana savdo va işlab çiqariş obʼektlariga ega bölgan bir qator kompaniyalarni boşqargan va muntazam ravişda daromadli hukumat şartnomalarini qölga kiritgan.
Gazeta xabariga köra, Aşxobodda har kuni kamida 8-12 kişi pnevmoniyadan vafot etmoqda.
Qayd etilişiça, Turkmanistonning Lebap vodiysidagi Farab tumanining 55 yoşli xokimi Hasan Metkulev ham vafot etgan. Ölimidan bir kun oldin u Turkmanobod yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan. Oilasining bir neça aʼzosi oğir ahvolda, pnevmoniya taşxisi qöyilgan, qolganlari uy karantiniga joylaştirilgan.
Mamlakat temir yöl qatnovlarini töxtatib turiş va xalqaro reyslarni bekor qiliş muddatini uzaytirdi. 1-avgustga qadar yirik savdo markazlari va bozorlar, fitness-klublari va suziş havzalari, xizmat körsatiş korxonalari hamda ovqatlaniş joylari faoliyati töxtatildi.
Infektsiya fonida Turkmaniston Soğliqni saqlaş vazirligi öpkada qaytarilmas özgarişlarni keltirib çiqarişi mumkin bölgan çangning mikro zarralari haqida ogohlantirmoqda.









