Namangan şahrida 16 dekabr kuni yuz bergan yöl-transport hodisasi oqibatida olti kişi Nexia avtomobilida yonib ketdi va halok böldi. Bu haqda Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, 16 dekabr kuni soat 16:30 da Namangan şahridagi Islom Karimov va Istiqlol köçalari kesişgan «Fazo» çorrahasida MAN yuk maşinasi va Nexia iştirokida YTH sodir böldi. 1974 yilda tuğilgan haydovçi A.A. MAN rusumli yuk avtomaşinasida harakatlanayotib, çorrahadan ötayotgan 1978 yilda tuğilgan haydovçi N.M. boşqaruvidagi Nexia avtomobili bilan töqnaşgan.
Töqnaşuv natijasida yonğin sodir bölib, Nexia’ning salonida bölgan 42 yoşli haydovçi, haydovçining 39 yoşli rafiqasi M.X., haydovçining 13 yoşli va 10 yoşli farzandlari M.B. va A.B., 34 yoşli yölovçi G.Ş. va 7 yoşli yölovçi M.Ş. hodisa joyida yonib ketib vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Namangan viloyati IIB Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odam ölimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












