Blogerlarning davri keldi, degan gaplarni köp eşitamiz. Albatta, oçiqlik siyosati bugun blogerlik faoliyatining rivojida muhim örin tutmoqda. Xalqimizni qiynayotgan muammolar ijtimoiy tarmoqlar va matbuotda keng yoritilyapti, blogerlar dadil öz sözini ayta olmoqda. Ijtimoiy tarmoqdagi har bir faol odam bloger. Afsuski, oramizdagi baʼzi bir insonlar «bloger» degan nom ostida jamiyatdagi belgilangan qoidalarni buzişga harakat qilyapti.
Marğilon şahrilik Kamronbek Jöraboyev 25 yoşda. Hali hayotning aççiq çuçugini totib körmagan bu yigit karantin çeklovlari joriy etilgan vaqtda belgilangan qoidalarga amal qilgisi kelmaganga öxşaydi. Qölida uyali telefoni bor, blogerman desa hammayoq unga oçiq böladigandek tuyuldi.
U joriy yil 17 iyul kuni soat 11:00larda Marğilon şahar hududiga kiriş uçun taşkil etilgan karantin blok postiga Qöştepa tumani yönalişidan «Kobalt» rusumli avtomaşinani boşqarib kelgan. Niqob taqiş qoidalarini buzib, maxsus ruxsatnomasi mavjud bölmagani holda blok postidan ötmoqçi bölganida bu yerga biriktirilgan IIB xodimlari tomonidan K.Jöraboyevga kunduzgi soat 10:00 dan 17:00 ga qadar maxsus ruxsatnomasi mavjud bölmagan avtomaşinalar harakati çeklanganligi tuşuntirilib, avtomaşinani yölning qatnov qismidan çetga olişi söraladi. U içki işlar xodimlarining uşbu qonuniy talablarini bajarmay, boşqaruvidagi avtomaşinani «Baxrin» blok postining kiriş qismiga köndalang holda qöyib oladi.
Kamronbek baland ovozda özini bloger ekanligini, maxsus ruxsatnomasi borligini aytib, jarayonni telefoni orqali videoyozuvga olib, internet tarmoqlariga çiqarib yuborişini bildiradi. Jamoat tartibini qasddan mensimasdan baqir-çaqir qilib, fuqarolarning osoyiştaligini buzgan hamda özining huquqbuzarlik harakatlarini davom ettirib, uşbu video va audio yozuvlarni qonunga xilof ravişda YouTube ijtimoiy tarmoğida tarqatib yuborgan.
K.Jöraboyev boşqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomaşinaning orqa örindiğida bölgan onasi L. Mirzaahmedova farzandini töğri yölga soliş örniga bu yerda baqir-çaqir kötarib, içki işlar xodimlarini turli xil uyatli sözlar bilan haqorat qilgan. Ularning qonuniy talablarni uzrli sabablarsiz bajarmagan.
Marğilon şahar maʼmuriy sudi tomonidan mazkur huquqbuzarlik işi körib çiqildi. Blok postda jazavasi qözib, «blogerman» degan huquqbuzar «şunday desam, blok postdan ötib ketaman deb öyladim» deya maʼlum qildi. Ammo harakatlaniş uçun heç qanday stiker yoki ruxsatnomani taqdim eta olmadi.
Internetda tarqalgan videolavhani körgan odam holatni bilmasdan turliça öylaşi mumkin. Aniqlanişiça, bu yerda K. Jöraboyev postda xizmat burçini bajarayotgan içki işlar organlari xodimlarini obrösizlantirişga harakat qilgan. Axir blogerga heç kim qonunni buzişga, karantin qoidalariga amal qilmaslikka huquq bermaganku? Vaholanki, Kamronbek içki işlar xodimlariga internetga çiqarib yuboriş bilan tahdid qilgan.
K. Jöraboyevga 8 sutka maʼmuriy qamoq, onasiga esa jarima jazosi qöllanildi. Marğilon şahar IIB xodimlarining ularga nisbatan sodir etgan harakatlariga huquqiy baho beriş uçun şahar prokuroriga maxsus xabarnoma yuborildi.









