2021 yil 14 dekabr kuni soat 20:00 larda, Farğona viloyati, Marğilon şahar, Ahmad Yassaviy köçasida joylaşgan «Yoğdu» qaxvaxonasi röparasida ayançli YHT sodir böldi.
Haydovçi, 1991 yilda tuğilgan R.X. «Damas» rusumli avtomobilni boşqarayotib, çapga buriliş vaqtida röparadan kelayotgan haydovçi, 2000 yilda tuğilgan A.A. boşqaruvida bölgan «Cobalt» rusumli avtomobilni ötkazib yubormaganligi oqibatida töqnaşuv sodir bölgan.
Zarb oqibatida «Damas» avtomobilida yonğin yuzaga kelgan va bundan «Cobalt» ham zarar körgan. Hodisa natijasida «Damas» haydovçisi 30 yoşli R.X. tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Marğilon şahar IIB TB tomonidan dastlabki tergovoldi suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.









