Joriy yilning 23 iyul kuni soat 10:00 larda, Andijon viloyati, Andijon tumani, Qurama MFY hududidan ötuvçi A-373 “Toşkent-Öş” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yölining 485-kilometrida haydovçi, 1997 yilda tuğilgan F.A. “Neksiya 3” rusumli transport vositasini boşqarayotib, karama-karşi yunalişga çiqib, haydovçi, 1980 yilda tuğilgan A.A. boşqaruvida bölgan “Spark” rusumli transport vositasi bilan töqnaşuv sodir etgan. Uşbu vaqtda yana bir haydovçi, 1981 yilda tuğilgan N.T. “Spark” rusumli transport vositasida harakatlanib kelib “Neksiya 3” rusumli avtomobil bilan töqnaşgan.
Natijada, “Spark” rusumli avtomobil xaydovçisi A.A. hamda onasi 1958 yilda tuğilgan F.A. oğir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etişgan. Uşbu avtomaşina yölovçisi 1986 yilda tuğilgan D.X. tan jarohatlari olib şifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi TB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.









