Feruza Turdiyeva, birinçi navbatda öğlining tuzalib ketişini va şu bilan birga jinoyatçilar munosib jazolanişini hamda kelajakda ana şunday jinoyatlar oldi olinişini istaydi.
Toşkentda ösmirlar “razborkasi”da piçoqlangan bolaning onasi prezidentga murojaat qildi.
Sardor Kamilovning onasi Feruza Turdiyeva 24 avgust kuni Facebookdagi öz sahifasiga joylaştirgan videoda öğlining oğir ahvolidan zorlanib, prezidentdan ösmirlar orasida sodir etilayotgan jinoyatlarga eʼtibor qaratişni, kerak bölsa JKning taaluqli moddasiga özgartiriş kiritişni söragan.
Xususan Feruza Turdiyeva Özbekiston Jinoyat Kodeksining 104 moddasining 1-bölimini qayta körib çiqiş, voyaga yetmaganlar tomonidan oğir jinoyatlar sodir etişining oldini olişga eʼtibor berişni söragan.
“Mana bu mening öğlim, 11 avgust kuni bölib ötgan ösmirlar “razborkasida” unga ikki marotaba piçoq urilgan.
Uşbu qonunni qayta körib çiqişda sizning aralaşuvingizni ötinib sörayman. Çunki hozirgi kunda qonun toptalişi har qadamda sodir bölmoqda. Agar hozir buni oldi olinmasa – mamlakatda terrorçi va retsidivistlar katta böladi. Yoş, voyaga yetmagan bolalar soğlom aqlda böla turib öta şafqatsiz jinoyatlar sodir etmoqda. Bu jinoyat özini himoya qiliş uçun sodir etilmadi. Bu şunçaki jinoyat. Unga orqasidan kelib piçoq urildi. Buni hatto erkakça iş deb ham bölmaydi.
Mening 17 yoşli öğlim Kamilov Sardor oğir ahvolda. Uning bitta böyragi olib taşlangan. Men buni unga hali qanday aytişni ham bilmayapman. Biz qaçongaça bunday jinoyatlarga çidab yuramiz?”, – deb öz murojaatini tugatgan Feruza Turdiyeva.
Mahalliy OAVlarda xabar berilişiga köra, voqea bunday bölgan. Sardor Kamilov 11 avgust kuni ertalab öziga taniş bölgan qiz bilan “Milliy Boğ”da yugurayotgan vaqtida notaniş yoş yigit qiz bolani haqorat qiladi buning oqibatida u yigit va Sardor orasida nizo kelib çiqadi. Sardor unga keçkurun uçraşib gaplaşib olişni taklif qiladi. Keçqurungi “razborka” vaqtida Sardorga boşqa yigit orqa tomondan kelib piçoq uradi.
Feruza Turdiyeva hozir birinçi navbatda öğlining tuzalib ketişini istaydi. Şu bilan birga yoş jinoyatçilar munosib jazolanişini hamda kelajakda bunday jinoyatlarni oldi olinişini istaydi.
Eslatib ötamiz, sönggi 3-4 yil içida Özbekistonda ösmirlar orasida piçoqlaşiş holatlari bir neça bor sodir böldi. Ularning bir neçasi OAVda keng yoritildi. Undan taşqari ijtimoiy tarmoqlarda uşbu mavzudagi xabarlar tez-tez paydo bölib turibdi.









