Marğilonda 19 nafar haydovçi qamoqqa olindi

Marğilonda 19 nafar haydovçi qamoqqa olindi

Farğona viloyatining Marğilon şahrida 19 nafar Damas`çi qamoqqa olindi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlumotga köra, Marğilon şahar markazidagi B.Marğiloniy köçasida joylaşgan savdo majmuasi röparasida Marğilon - Farğona şaharlari hamda Qirguli mavzesi yönalişlarida kirakaşlik bilan şuğullanuvçi Damas rusumli avtomaşina haydovçilari uşbu köçadagi piyodalar ötiş yölakçasi oldiga hamda yölning qatnov qismiga betartib turib olib, piyodalar va haydovçilarning harakatiga xalal bergan. Şu sababli, viloyat IIB YHXB xodimlari mazkur tartibsizlikni bartaraf qiliş maqsadida yetib kelişgan.

Ammo Damas haydovçilari YPX xodimlarining qonuniy talablariga böysunmasdan, fuqarolar osoyiştaligini buzuvçi xatti-harakatlar sodir etişgan.

Içki işlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga böysunmagan jami 19 nafar Damas haydovçisiga nisbatan Özbekiston Respublikasi MJtKning 183, 194 va 195-moddalari bilan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, Marğilon şahar Maʼmuriy işlar böyiça sudining qarori bilan 6 nafariga 15 sutka, 8 nafariga 10 sutka, 5 nafariga 5 sutkalik maʼmuriy qamoq jazosi qöllanildi.

Sunnatilla Abdullayev

×