Namanganda Çust döppisi va piçoqlariga oid xalqaro muzeylar taşkil qilinadi

Namanganda Çust döppisi va piçoqlariga oid xalqaro muzeylar taşkil qilinadi

Çust döppidözlik madaniyati va piçoqçilik sanʼatini keng tarğib qiliş, tumanning turizm salohiyatidan unumli foydalaniş maqsadida davlat-xususiy şerikçilik tamoyillari asosida «Çust döppisi» va «Çust piçoqlari» xalqaro muzeylari taşkil qilinadi. Bu haqda Namangan viloyat turizmni rivojlantiriş boşqarmasi boşliği Dilmurod Jumaboyev maʼlum qildi, deya xabar beradi «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev.

Hozirda uşbu muzeylar hamda «Çust oşi» markazini taşkil qiliş böyiça kontseptsiya işlab çiqilmoqda. Tuman markazidan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlangan hududdan yer uçastkasini ajratiş masalasi hal etilmoqda. Respublikada ilk innovatsion turizm maskanlaridan biri bölişi kutilayotgan uşbu majmuani barpo etişga «Asaka bank» tomonidan imtiyozli kredit ajratiladi.

«Muzeylarni turli pavilonlarga ajratgan holda xorij mamlakatlarining boş kiyimlari, Özbekiston hududlaridagi turli boş kiyimlar va piçoqlar, markaziy pavilonda Çust döppisining va piçoqlarining tarixi, tayyorlaş jarayoni namoyiş etiladi hamda hunarmandçilik mahsulotlari savdosi yölga qöyiladi.

Şuningdek, sayyohlarni tumandagi döppidözlar va piçoqçi ustalar mahallalari, Mavlono Lutfiy boği, Bibi ona va boşqa ziyoratgohlar, Teşiktoş manzili va kuzatuv maydoniga ega qoyatoşlarga sayohatlarini uyuştiriş çoralari köriladi», — deydi Dilmurod Jumaboyev.

Jumaboyevga köra, Çust tumanidagi döppidözlik maktabi va piçoq yasaş sanʼatini YUNESKOning nomoddiy madaniy meros obʼektlari röyxatiga kiritiş yuzasidan ham amaliy işlar boşlab yuborilgan.

×