Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyişi bilan Namangan şahrida «Gullar festivali»ning 60 yillik yubileyini yuqori darajada ötkaziş böyiça vazifalar belgilandi.
Unga köra, mazkur festival 24-31 may kunlari xalqaro miqyosda ötkazilişi belgilangan. Namanganda festivalga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça taşkiliy qömita tarkibi tuzildi.
Qömita ön beş kun muddatda festivalga tayyorgarlik köriş va uni yuksak saviyada ötkaziş böyiça çora-tadbirlar rejasi hamda festivalni ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomni işlab çiqadi.
Festivalga xorijiy davlatlardan mahoratli gulçilar, ekibana sanʼati ustalari, landşaft dizaynerlari kelişi ham nazarda tutilmoqda.
Bundan taşqari, Namangan şahrining asosiy köçalarida gullar bilan bezatilgan 150 ta avtotransport vositasidan iborat «Bayram paradi» ötkaziladi.

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat boğida hunarmandçilik buyumlari, kitoblar, fotosuratlar, milliy liboslar namoyişi taşkil etiladi.










