Namanganda «Prezident kubogi» xalqaro turniri ötkaziladi

Namanganda «Prezident kubogi» xalqaro turniri ötkaziladi

Prezidentning «Özbekiston Respublikasida qöl jangi sport turini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Hujjat loyihasiga köra, Qöl jangi federatsiyasi 2023 yildan boşlab har yili anʼanaviy tarzda qöl jangi sport turi böyiça:

- Namangan viloyatida professional sportçilar örtasida «Prezident kubogi» xalqaro turnirini;

- Samarqand şahrida «Amir Temur kubogi» xalqaro turnirini;

- Buxoro şahrida ayollar örtasida «Tömaris kubogi» xalqaro turnirini ötkazadi.

Qayd etilişiça, Qöl jangi federatsiyasining maʼmuriy ofisi va qöl jangi böyiça milliy terma jamoa öquv-maşğuloti yiğinlarini taşkil etişi uçun sport bazasini joylaştiriş maqsadida Toşkent şahri Yaşnobod tumani hududida 1,5 gektar yer maydonini ajratiş közda tutilgan.

Şu bilan birga, 2022 ‒ 2024 yillarda mamlakat böylab 12 ta şu turdagi sport bazalarini taşkil etiş rejalaştirilmoqda.

×