Bugun, 20 aprel kuni Samarqandda boşlangan “Jamoat salomatligi va xavfsizligini taʼminlaş maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarşi kuraşiş” mavzusidagi global forumda viloyatda Markaziy Osiyo Narkologlar assotsiatsiyasining Boş ofisi taşkil qilinişi eʼlon qilindi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tomonidan öqib eşittirilgan Şavkat Mirziyoyevning forum qatnaşçilariga murojaatida söz boradi.
Unda giyohvandlikka qarşi kuraşni kuçaytiriş, yoşlarni himoya qiliş, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş hamda narkotik moddalarning tarqalişini oldini oliş böyiça zamonaviy raqamli va moliyaviy nazorat mexanizmlarini joriy etiş kabi muhim taşabbuslar qayd etilgan. Bu borada Özbekiston 50 dan ortiq davlat va nufuzli xalqaro taşkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotgani alohida taʼkidlangan.
Prezident öz murojaatida sintetik narkotiklarning yangi turlari paydo bölayotgani sababli doimiy muloqot maydonini işga tuşiriş lozimligni aytgan. Giyohvandlikka çalinganlarning tibbiy reabilitatsiyasi böyiça tajriba almaşiş maqsadida Markaziy Osiyo Narkologlar assotsiatsiyasini tuziş va uning Boş ofisini Samarqand şahrida taşkil qiliş taklifini ilgari surgan.
Şuningdek, Narkotrafik xavfi yuqori bölgan hududlar uçun iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytiriş va iş örinlari yaratişni közda tutuvçi maxsus rivojlaniş dasturini işlab çiqiş taklif etilgan.









