Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida xalqaro fotokörgazma iş boşladi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida xalqaro fotokörgazma iş boşladi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Turkiyalik fotograf Orhan Durgut bilan hamkorlikda “Imom Buxoriyning “Sahih al-Buxoriy” asarining qölyozma nusxalari va “Dunyo islom şaharlari” nomli xalqaro fotokörgazma iş boşladi.

“Dinlararo hamjihatlikni mustahkamlaş, maʼrifat va madaniyatlarni özaro boyitiş” masalalari böyiça tizimli muloqotni yölga qöyişni taklif qilib, bunda Toşkentdagi Özbekiston islom tsivilizatsiyasi markazi hamda Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi samarali platforma bölib xizmat qilişi mumkinligini aytgan edi.

Prezidentimizning mazkur taşabbusi xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlarining Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga bölgan qiziqişini yanada oşirdi va ular tomonidan hamkorlikka oid qator takliflar bildirilmoqda.

Turkiyalik taniqli fotograf Orhan Durgut ham mazkur taşabbusdan ruhlanib, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida özining fotokörgazmasini taşkil etiş taklifini bildirdi. Bu markaz rahbariyati va tegişli taşkilotlar tomonidan qöllab-quvvatlandi.

Fotograf öz asarlarida dunyoning 60 ta Islom şaharlarining tarixiy bino va muqaddas qadamjolarini aks ettirgan. Eʼtiborli jihati, u Imom Buxoriy ilmiy safarlarda bölgan Makka, Madina, Basra, Kufa, Bağdod, Damaşq, Qaysariya, Asqalon va Eʼzob şaharlarida bölib, u yerdagi maşhur Islom madaniy meroslarini öz ijodida ifodalagan.

Orhan Durgutning foto jamlanmasidan Özbekistonning Samarqand, Buxoro, Xorazm, Toşkent, Termiz şaharlarida joylaşgan muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar, xususan, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi, Registon ansambli, Şohizinda, Içan qalʼa, Hakim At-Termiziy, Xasti Imom, Köhna Ark kabi maşhur tarixiy obida va maqbaralar ham örin olgan.

– Bu asarlarimni namoyiş etişdan maqsadim islom dunyosini barça xalqlarga yaqindan tanitiş, – deydi Orhan Durgut. – Yurtingizda mazkur körgazmani taşkil etiş uçun körsatilgan yordamdan minnatdorman. Mana şuning özi mamlakatingizda islom olami, maʼnaviyati, ilmi merosiga bölgan eʼtiborning naqadar yuqori ekanligini belgilab turibdi. Hozirga qadar dunyoning 60 ta Islom şaharlarida böldim. Kelgusida yana 40 ta şunday şaharlarda bölişni va 100 ga yaqin şaharlarning tarixiy bino hamda muqaddas qadamjolarini öz asarlarimda aks ettirişni istayman.

Mazkur xalqaro fotokörgazma Imom Buxoriy tavallud topgan oy (810 yil 20 iyul) munosabati bilan taşkil etilayotgani bois, muhaddisning “Sahih al-Buxoriy” asarining qölyozma nusxalari ham körgazma doirasida xalqimiz eʼtiboriga havola etilmoqda.

Imom Buxoriyning şoh asari bölmiş “Sahih al-Buxoriy” kitobi butun islom olamida Qurʼoni karimdan keyingi birinçi, eng işonçli manba, deb tan olingan. Bu hadislar töplami musulmonlar axloq-odobi, ibodati, ijtimoiy mezonlarini belgilovçi umuminsoniy qadriyatlar namunasidir.

Xalqaro fotokörgazmaga öndan ortiq professor-olimlar va tadqiqotçilar, soha mutaxassislari va yoş olimlarning maʼruzalari ham kiritildi. Tadbirda taʼkidlanganidek, Imom Buxoriyning boy ilmiy merosidan butun dunyo xalqlari bahramand bölmoqda. Allomaning asarlari turli tillarga tarjima qilinib, naşr etilmoqda. Dunyo mamlakatlarining deyarli barça kutubxonalarida öquvçilar eʼtiboriga havola qilingan. Dunyoning köplab kutubxonalarining internet saytlaridan istalgan tildagi Imom Buxoriy asarlarini, ayniqsa, “Al-jomiʼ as-sahih“ yaʼni, “Sahih al-Buxoriy”ni topib, örganişi mumkin. Yurtimizda ham uluğ allomaning asarlari özbek tiliga tarjima qilinib, xalqqa yetkazilmoqda.

Davra suhbati davomida sohani yanada rivojlantiriş uçun ilmiy-tadqiqot markazlari va sohaga tegişli mutasaddilarning fikr-mulohazalari va takliflari eşitilib, tegişli vazifalar belgilab olindi.

Imom Buxoriyning “Sahih al-Buxoriy” asarining qölyozma nusxalari va “Dunyo Islom şaharlari” nomli xalqaro fotokörgazma joriy yilning 19 iyulidan 19 avgustiga qadar davom etadi.

Özbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

×