Özbekistonga elektromobillar olib kirişga aktsiz soliği bekor qilindi. Bu haqda prezidentning “Özbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida aytiladi.
2019 yilning 1 yanvaridan elektromobillar olib kirişga (TN TIF kodi 870380) bojxona bojining nol stavkasi örnatilgan. Biroq, aktsiz soliği böyiça 8703 guruhidagi barça tovarlarga 30 foizlik stavka belgilangandi.
Endilikda, elektromobillarga aktsiz soliği stavkasi nol foiz darajasida örnatildi (boşqa avtomobillar uçun stavka avvalgidek qoldi). Şu tariqa, olib kirişda endi faqat QQS tölaşning özi kifoya qiladi.









