Afğoniston fuqarolari — harbiylar hamda tinç aholi sönggi kunlarda bir neça bor Özbekiston hududiga kirişga urindi. Ularning barçasi Afğonistonga qaytarib yuborildi. Bu haqda bugun, 28 iyun kuni Özbekiston Prezidentining Matbuot kotibi Şerzod Asadov maʼlum qildi.
“Sizga maʼlumki, 23 iyun kuni Afğonistonning 53 nafar fuqarosi va harbiy xizmatçilari birinçi marta çegarani buzib, Özbekistonga kirişga urindi. Şundan keyin yana bir qança bunga öxşaş harakatlar amalga oşirildi, oxirgisi şanba (26 iyun) kuni böldi”, deydi Asadov brifing paytida.
Prezident Matbuot kotibining qöşimça qilişiça, milliy qonunçilikka va xalqaro normalarga muvofiq, Özbekiston hududiga kirişga uringan barça şaxslar Afğonistonga qaytarilgan.
“Şu nuqtayi nazardan, Özbekiston çegarasining daxlsizligi heç qanday şubha ostiga olinmasligi kerak.
Maʼlumki, sönggi paytlarda Afğoniston şimolidagi vaziyat özgarib bormoqda. Bu uning qöşnilari — Özbekiston va Tojikistonni taşvişga solmasligi mumkin emas”, deya taʼkidladi u.
Asadov ötgan hafta Özbekiston va Tojikiston Prezidentlari Şavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon telefon orqali suhbatda mintaqada xavfsizlik hamda barqarorlikni taʼminlaş uçun harakatlarni muvofiqlaştiriş, yaqin muloqotni davom ettiriş zarurligini muhokama qilganini eslab ötdi.
Faollaşib qolgan “Tolibon”
Qayd etiş kerakki, AQŞ öz qöşinlarini Afğonistondan olib çiqişni boşlagandan beri “Tolibon” keskin harakat qilmoqda. Tasdiqlangan maʼlumotlarga köra, sönggi ön kun içida Afğonistonning Tojikiston bilan çegaradoş tört viloyatida hukumat kuçlari va “Tolibon” örtasida töqnaşuvlar bölgan.
Natijada Tahor viloyatining Çaheb, Yangi Kalʼa, Darkad, Daşti Qalʼa, Xojağor tumanlari, Qunduz viloyatining Daşti Arçi, Imom Sohib va Qalʼai Zol tumanlari, şuningdek Şerxon-Bandar va Kokul nazorat punktlari “Tolibon” nazorati ostiga ötdi. BMT maʼlumotiga köra, 22 iyun holatiga Afğonistonning 50 dan ortiq tumanini egallagan.
Sönggi kunlarda toliblar bilan janglarda oğir zarbaga uçragan afğon qöşinlarining qöşni respublikalar hududiga qoçib ötiş holatlari kuzatildi. Jumladan, joriy yilning 22 iyun kuni 130 dan ortiq afğon harbiylari çegaradoş Tojikistonga, 23 iyun kuni esa ularning 53 nafari Özbekistonga qoçib ötgan.
Çegardoş davlatlarning reaktsiyasi
Voqealarning bunday rivoj olişi Afğonistonga çegaradoş bölgan davlatlarni sergak tortişga majbur qilyapti. Jumladan Afğoniston bilan deyarli 1000 kilometr çegara hududiga ega bölgan Eron ham mamlakat xavfsizligini taʼminlaş çoralarini körmoqda. OAVning yozişiça, rasmiy Tehron, allaqçon, çegara hududlariga T-72S, BMP-2 tanklari va boşqa zirhli harbiy texnika yuborgan. Şuningdek, Özbekiston ham harbiy okruglarida qöşinlarni jangovar şaylikka keltiriş böyiça rejaga asosan amaliy maşğulotlar boşlagan. Bundan taşqari, respublika 22 iyun kuni Afğoniston bilan çegarani vaqtinça yopgan.
AQŞ qöşinlarining Afğonistonni tark etişi
Eslatib ötamiz, joriy yilning may oyida AQŞ Afğonistondan öz qöşinlarini olib çiqiş işlarini boşlab yubordi. Şu vaqtgaça Amerika öz harbiy kontingentining uçdan bir qismini bu mamlakatdan olib çiqib ketdi.
Maʼlumot örnida, 2020 yil fevral oyi oxirida AQŞ va “Tolibon” tinçlik şartnomasini imzoladi. Kelişuvga köra, Amerika qöşinlari şartnoma tuzilganidan 14 oy ötgaç, aniqroği 2021 yilning mayigaça Afğonistonni tark etişi kerak edi. Biroq bu jarayonning “start” olişi biroz keçikdi.
Joriy yilning 14 aprel kuni Prezident Jo Bayden AQŞning Afğonistondagi missiyasi yakunlanganini va 1 maydan boşlab uşbu mamlakatdan qöşinlarini olib çiqişni boşlaşini eʼlon qildi. Unga köra, qöşinlarni olib çiqib ketiş 11 sentyabrgaça yakunlanişi kerak.









