Elektromobillarni Özbekistonda olib kirişdagi boj tölovi bekor qilinadimi?

Elektromobillarni Özbekistonda olib kirişdagi boj tölovi bekor qilinadimi?

18 may kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasini birinçi öqişda körib çiqdilar, deya xabar bermoqda Qonunçilik palatasi matbuot xizmati.

Taʼkidlanganidek, loyihada tadbirkorlik subʼektlarini yanada qöllab-quvvatlaş, koronavirus pandemiyasining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumşatiş hamda aholi daromadalarini oşirişga qaratilgan normalar öz aksini topmoqda.

Qonun loyihasi bilan elektr dvigateli orqali harakatlanadigan avtomototransport vositalarini sotib oliş va (yoki) Özbekiston Respublikasi hududiga vaqtinçalik olib kiriş uçun yiğim tölaşdan ozod etilişi nazarda tutilyapti.

Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi har bir şahar va tumanlarining öziga xos “ösiş nuqtasi” deb aniqlangan faoliyat yönalişlari böyiça yangidan taşkil etiladigan tadbirkorlik subʼektlariga 2024 yil 1 yanvarga qadar foyda va suv soliqlari böyiça 50 foizlik imtiyoz berilmoqda. Tadbirkorlar berilgan imtiyozlardan oqilona foydalangan taqdirda soliqlardan iqtisod qilingan mablağ hisobidan faoliyatini yanada kengaytiriş imkoniyati yaratiladi.

Qonun loyihasining qabul qilinişi, koronavirus pandemiyasi holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumşatiş hamda aholi daromadalarini köpaytirişga, aniq sohalardagi munosabatlarni tartibga soluvçi normativ-xuquqiy hujjatlarni tizimlaştirişga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinçi öqişda kontseptual jihatdan qabul qilindi.

×