DXX Çegara qöşinlarining sarhad.uz telegram kanali xabar berişiça, Toşkent xalqaro aeroportida boşqa birovga tegişli Buyuk Britaniya pasporti bilan Özbekistonga kirmoqçi bölgan Afğoniston fuqarosi qölga olindi.
2019 yil 17 noyabr kuni DXX Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari tomonidan I. Karimov nomidagi “Toşkent” xalqaro aeroportida “Dubay-Toşkent” yönalişi bilan mamlakatimizga kelgan yölovçining pasporti tekşirilganda uning boşqa birovga tegişli bölgan fuqarolik pasporti bilan mamlakatimiz hududiga kirmoqçi bölganligi aniqlandi.
Tekşiruvlar natijasida 1987 yilda tuğilgan bu şaxsning Afğoniston Islom Respublikasi fuqarosi ekanligi aniqlandi. U Buyuk Britaniya fuqarosiga tegişli bölgan pasport bilan mamlakatimiz hududiga kirişga uringan.
Şuningdek, Tojikistonlik fuqaro akasining pasporti bilan Özbekistonga kirişga urindi. DXX Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari tomonidan “Sariosiyo avtoyöl” ötkaziş punktida ötkazilgan tekşiruvlar davomida mamlakatimizga noqonuniy yöllar bilan kirmoqçi bölgan qonunbuzar faoliyatiga çek qöyildi.

Tojikistondan mamlakatimizga kirib kelayotgan 1983 yilda tuğilgan Tojikiston Respublikasi fuqarosi Z.B.ning pasporti tekşirilganda pasportning aslida uning akasi 1976 yilda tuğilgan Z.Z.ga tegişli ekanligi aniqlandi.









