Muhammadzokir Mamatxonov Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşliği etib tayinlandi

Muhammadzokir Mamatxonov Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşliği etib tayinlandi

Muhammadzokir Mamatxonov Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşliği etib tayinlandi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Mamatxonov 1974 yilda Namangan viloyatining Pop tumanida tuğilgan. 2006 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2012 yilda Prezident akademiyasi qoşidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

U 1998—2016 yillarda Pop, Çust, Norin tumanlari, Namangan şahri va Namangan viloyat davlat soliq inspektsiyalari, Namangan viloyati hokimligi va Uyçi tumani hokimligida turli vazifalarda mehnat qilgan.

2016—2017 yillarda Yangiqörğon tumani hokimi bölgan.

Mamatxonov 2018 yildan to şu kunga qadar Namangan viloyat Bandlik boş boşqarmasi boşliği sifatida işlab kelayotgandi.

Muhammadzokir Mamatxonov Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020 yil 16 iyuldagi buyruği bilan vazirlik huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşliği etib tayinlandi.

×