Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi Hukumatning asosiy eʼtiborida.
Çet davlatlaridagi yurtdoşlarimiz huquqlarini himoya qiliş, ijtimoiy
şart-şaroitlarini yaxşilaş borasida keyingi yillarda amaliy işlar qilinayotganligini alohida eʼtirof etmoq lozim. Statistika böyiça köriladigan bölsa, mamlakatimizda har yili qariyb 200 ming kişining bandligini taşqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali taʼminlaşga töğri kelmoqda.
Bugungi kunda Rossiya, Qozoğiston, Turkiya, Yaponiya va Birlaşgan Arab Amirliklari bilan mehnat migratsiyasi borasida xalqaro şartnomalar imzolandi hamda taşqi mehnat migratsiya masalalari böyiça Boş vazir maslahatçisi lavozimi joriy etildi. Şu bilan birga, çet ellarda işlayotgan fuqarolarni qöllab-quvvatlaş uçun maxsus jamğarma taşkil etilib, 100 milliard sömdan ortiq mablağ ajratildi.
Taʼkidlaş joizki, pandemiya sababli taşqi mehnat migratsiyasi sohasida jiddiy muammolar yuzaga keldi. Uşbu vaziyatda yurtdoşlarimizni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, pandemiyadan keyin dunyo mehnat bozorida Özbekiston fuqarolariga şart-şaroitlar yaratiş maqsadida joriy yil 11 avgustda Prezidentimizning “Kambağal va işsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qiliş, ularning mehnat faolligini oşiriş va kasb-hunarga öqitişga qaratilgan hamda aholi bandligini taʼminlaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi hamda
17 avgustda davlatimiz rahbari raisligida xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarga munosib şart-şaroitlar yaratiş va ular bilan tizimli işlaş yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Bu boradagi işlarni yanada jadallaştiriş va rivojlantiriş maqsadida 2020 yil 15 sentyabr kuni Prezidentimizning “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori imzolandi. Uşbu huquqiy-meʼyoriy hujjatlarning ketma-ket qabul qilinişi mazkur sohaga jiddiy eʼtibor berilyotganidan dalolat beradi. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi şaxslarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasi taşkil etildi, mehnat migrantlarining soğliği va hayotini suğurtalaş, ularning oila aʼzolari uçun ipoteka kreditlarini ajratiş amaliyoti joriy qilindi. Prezidentimiz tomonidan imzolangan yangi qaror taşqi mehnat migratsiyasi sohasidagi vakolatli organlarning faoliyatini takomillaştiriş, xorijda işlamoqçi bölgan şaxslarni talab yuqori bölgan kasblarga öqitiş, fuqarolarning çet elda böliş davrida huquqlarini himoya qiliş, qaytib kelgan mehnat migrantlarining bandligini taʼminlaş, şuningdek ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga qaratilgan. Xususan, qaror bilan xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi joriy qilinmoqda hamda uning asosiy yönalişlari belgilanmoqda.
Jumladan;
taşqi mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlik rivojlantiriladi, xorijdagi vatandoşlar taşkilotlari va özbek diasporalari bilan aloqalar mustahkamlanadi;
mehnat migrantlari moliyaviy va ijtimoiy qöllab-quvvatlanadi, ularning hayoti va soğliğini suğurtalaş amaliyoti kengaytiriladi, ular uçun madaniy-maʼrifiy tadbirlar taşkil etiladi;
mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan şaxslar reintegratsiya qilinadi, şu jumladan, ularning bandligi taʼminlanadi, kasbiy malakasi oşiriladi va tadbirkorlik taşabbuslari rağbatlantiriladi.
Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi hududiy filiallarining işi quyidagi tartibda taşkil etiladi: hokimlar hududiy filiallarga umumiy rahbarlik qiladi hamda ularga yuklatilgan vazifalar samarali bajarilişini taʼminlaydi;
hududiy filial rahbarlari bir vaqtning özida viloyat hokimining yordamçisi hisoblanadi.
Şu bilan birga Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi huquqlar berilmoqda:
xorijiy iş beruvçilar va ularning vakillari bilan bevosita kelişuvlar tuziş hamda tuzilgan kelişuvlarga asosan fuqarolarni işga yuboriş;
xorijiy mamlakatlarning hududiy migratsiya va boşqa davlat organlari bilan aloqalar örnatiş va muzokaralar ötkaziş, xorijdagi vatandoşlar taşkilotlari bilan hamkorlik qiliş;
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari migratsiya sohasini rivojlantirişga ajratiladigan grantlarini jalb qiliş.
Muzaffar Oka Nam, [29.09.20 14:13]
2021 yil 1 yanvardan boşlab, taşkillaştirilgan mehnat migratsiyasi yöli bilan xorijga çiqib ketayotgan şaxslar işga yuborilişidan oldin davlat va nodavlat taʼlim taşkilotlarida kasb-hunarga öqitiladi; Buning uçun taşkil etiladigan qisqa muddatli kasb-hunarga öqitiş kurslari hamda kasb-hunarga öqitiş maskanlarida mehnat migrantlari uçun qisqa muddatli kasb-hunar va çet tillariga öqitiş kurslari taşkil etiladi; Qisqa muddatli kurslarda öqitiş xarajatlari davlat hisobidan qoplanadi.
Taşqi mehnat migratsiyasi sohasini yanada rivojlantiriş maqsadida:
2021 yil 1 yanvarga qadar, Rossiya Federatsiyasi Içki işlar vazirligining pasport-viza xizmati vakolatxonasi Özbekiston Respublikasida oçiladi hamda uşbu vakolatxonada vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirişga ruxsatnomani, yaʼni patentni tayyorlaş, rasmiylaştiriş va beriş xizmatlari körsatiladi;
Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Yekaterinburg, Novosibirsk, Samara, Ufa, Çimkent va Istanbul şaharlaridagi vakolatxonalarini oçiladi;
Rossiya Federatsiyasi, Qozoğiston va Turkiya Respublikalarida mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan fuqarolarga huquqiy yordam körsatiş maqsadida advokatlik firmalari jalb qilinadi, onlayn platforma yaratiladi va Rossiya Federatsiyasi hududini doimiy xizmat bilan qamrab oladigan «Call-markaz» taşkil qilinadi;
2021 yil 1 iyunga qadar, Bolgariya, Latviya, Isroil, Finlyandiya, Polşa va Kanada bilan Özbekiston Respublikasi fuqarolarining mazkur davlatlardagi taşkillaştirilgan mehnat faoliyati töğrisida hamkorlik bitimlarini tuziladi;
2021 yil 1 yanvardan boşlab, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oila aʼzosi sifatida eʼtirof etilgan va xorijda vaqtinça mehnat faoliyatini amalga oşirib, qaytib kelgan şaxslarga:
a) Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan quyidagi xarajatlarni qoplaş uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravarigaça miqdorida subsidiya tölanadi: yakka tartibdagi tadbirkor sifatida röyxatdan ötgan yoki kiçik korxonalar va mikrofirmalarni davlat röyxatidan ötkazgan vaqtdan boşlab birinçi uç oy davomida ijaraga olingan bino va inşootlarning ijara haqini tölaş uçun; tadbirkorlik asoslari va moliyaviy savodxonlikka öqiş uçun;
kredit olişda kredit taʼminoti sifatida taqdim etiladigan suğurta polisi böyiça tölovlarni amalga oşiriş uçun; b) Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş uçun ajratilgan kreditlar böyiça kredit foizi stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oşadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan köp bölmagan qismi kompensatsiya qilinadi. Umuman olganda Prezidentimizning mazkur qaror bilan xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi joriy qilinib, xorijda işlayotgan yurtdoşlarimiz har tomonlama qöllab-quvvatlanadi, ularning muammo va ehtiyojlari örganiladi hamda hal qiliş böyiça yangi tizim, yangiça yondoşuv joriy etiladi.
S.K.Rizayev - Taşqi mehnat migratsiya agentligining Namangan filiali masʼul xodimi.









