Muhammadzokir Mamatxonov Uyçi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Muhammadzokir Mamatxonov Uyçi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Xalq deputatlari Uyçi tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.

Sessiyada tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirişdagi muammolar muhokama qilindi va taşkiliy masala körildi.

Viloyat hokimi Şavkatjon Abdurazzaqov tuman hokimligiga şu paytga qadar Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşliği bölib işlab kelgan Muhammadzokir Mamatxonov nomzodini taklif qildi.

Deputatlar va faollar nomzodni maʼqulladi hamda u haqdagi fikrlarini bildirdi.

M. Mamatxanov 1974 yilda Namangan viloyatining Pop tumanida tuğilgan. 2006 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2012 yilda Prezident akademiyasi qoşidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

1998—2016 yillarda Pop, Çust, Norin tumanlari, Namangan şahri va Namangan viloyat davlat soliq inspektsiyalari, Namangan viloyati hokimligi va Uyçi tumani hokimligida turli vazifalarda mehnat qilgan.

2016—2017 yillarda Yangiqörğon tumani hokimi bölgan.

2018 yildan 2020 yilga qadar Namangan viloyat Bandlik boş boşqarmasi boşliği sifatida faoliyat yuritgan.

Muhammadzokir Mamatxonov 2020 yil 16 iyuldan beri Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.

×