Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi özbekistonliklarni ogohlantirdi

Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi özbekistonliklarni ogohlantirdi

Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya va Ukraina hududlarida bölib turgan Özbekiston fuqarolarini ogohlikka çaqirdi. Bu haqda agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berildi. 

Maʼlumki, sönggi kunlarda Rossiya va Ukraina örtasidagi harbiy harakatlar hamda uşbu davlatlar bilan boğliq turli xabarlar tarqalmoqda. Şu munosabat bilan, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya hududida vaqtinça mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina örtasidagi ziddiyatli hududlarga işlaş maqsadida bormaslikni, harbiy harakatlarda iştirok etmaslikni söragan.

Şuningdek, agentlik Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida çet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki şunga öxşaş boşqa organlariga xizmatga yollaniş 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi közda tutilganini qöşimça qilgan.

Eslatib ötamiz, oldinroq Rossiyaning Sankt-Peterburg şahridagi sabzavot omborida işlayotgan yuz nafarga yaqin Rossiya pasportiga ega muhojirlar harbiy röyxatga oliş idorasi (voyenkomat)ga olib ketilgandi.


×