Rossiya va Ukrainada bölib turgan Özbekiston fuqarolari ogohlikka çaqirildi. Bu haqda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Sönggi kunlarda Rossiya va Ukraina örtasidagi harbiy harakatlar hamda uşbu davlatlar hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolari bilan boğliq turli xabarlar tarqalmoqda. Şu munosabat bilan agentlik Rossiya hududida vaqtinça mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina örtasidagi ziddiyatli hududlarga işlaş maqsadida bormaslikni, harbiy harakatlarda iştirok etmaslikni söragan.
Maʼlumot uçun, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida çet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki şunga öxşaş boşqa organlariga xizmatga yollaniş 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi közda tutilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya tomonidan quriliş işlariga jalb qilingan özbekistonliklarning pasportlari olib qöyilib, Ukrainadagi uruşga “köngilli” sifatida safarbar qilingani haqida xabar berilgan edi. Şundan söng, Ukrainaning Özbekistondagi elçixonasi mamlakat fuqarolariga murojaat qilib, ularni Ukrainada davom etayotgan uruşda qatnaşmaslikka va uning Rossiya tomonidan vaqtinça bosib olingan hududlariga bormaslikka çaqirgandi. Özbekistonning Ukrainadagi elçixonasi ham holat yuzasidan maʼlumot berdi.









