Musulmonlar idorasi oldida töpolon qilgan şaxslarga sud hukmi öqildi

Musulmonlar idorasi oldida töpolon qilgan şaxslarga sud hukmi öqildi

Bugun, 18 oktyabr kuni, jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida sudlanuvçilar Rustambek Karimov (1975 yilda Toşkent şahrida şahrida tuğilgan, millati - özbek, Özbekiston Respublikasi fuqarosi, maʼlumoti – örta, muqaddam sudlangan, vaqtinça işsiz) va Tulkun Astanov (1971 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, millati - özbek, Özbekiston Respublikasi fuqarosi, maʼlumoti – örta-maxsus, muqaddam sudlanmagan, vaqtinça işsiz) ga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi eʼlon qilindi.

Mazkur jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi sudyasi Orif Qliçev raisligida körib çiqildi.

Eʼlon qilingan sud hukmiga köra,

R. Karimov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 1-qismi bilan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanib, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazoy tayinlaş) 8-qismi tartibida jinoyat işlari böyiça Sirğali tuman sudining 2019 yil 16 maydagi hukmi bilan tayinlangan jazoning ötalmagan qismini qisman qöşiş yöli bilan uzil-kesil ötaş uçun 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo manzil koloniyalarda ötattiriş belgilandi.

T. Astanov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş) 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanib, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 72-moddasi (şartli hukm qiliş) tartibida, tayinlangan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi şartli deb hisoblanib, 2 yil sinov muddati belgilandi. Sinov muddati hukm çiqarilgan kundan boşlab hisoblanişi körsatildi.

Mazkur jinoiy iş böyiça sudga raislik qiluvçi tomonidan sudlanuvçilarga va boşqa tomonlarga hukm ustidan şikoyat qiliş tartibi va muddati tuşuntirildi.

Aziz Obidov,

Özbekiston Respublikasi

Oliy sudi rasmiy vakili

×