Musulmonlar idorasi Haj ziyorati nega qimmatlaşganini batafsil tuşuntirdi

Musulmonlar idorasi Haj ziyorati nega qimmatlaşganini batafsil tuşuntirdi

Özbekiston Musulmonlar idorasi haj ziyorati nega qimmatlaşgani yuzasidan bayonot berdi.

Haj-2022 mavsumi uçun 1 nafar ziyoratçiga tölov miqdori 62,9 million söm etib belgilangan. Bu ijtimoiy tarmoqlarda turli gap-sözlarga sabab bölmoqda. Taʼkidlanişiça, ayrimlar töliq asosga ega bölmagan maʼlumotlarni tarqatib, odamlarda norozilik kayfiyatini uyğotişga urinişmoqda.

Idora fuqarolar ijtimoiy tarmoqlardagi turli asossiz va tagi yöq maʼlumotlarga çalğib qolmasliklari uçun ayrim maʼlumotlarni taqdim etgan.

Qayd etilişiça, Saudiya hukumati haj safari narxiga taʼsir qiluvçi qöşimça soliq va majburiy tölovlar joriy qilgan. Şuningdek, kommunal, transport, elektr-energiya va boşqa xizmatlar uçun tölovlar miqdori bir neça baravar (30-40 foiz) oşgan.

Özbekistonlik ziyoratçilar mavsumda birinçi marta Madina şahrida Masjidi Nabaviydan 100 metr uzoqlikda joylaşgan 5 yulduzli "Pullman Zamzam" va "Crowne Plaza" mehmonxonalarida istiqomat qiladilar. Makka şahrida esa "Abroj al-Hidoya" mehmonxonasida yaşaydilar.

Safar davomiyligi ayrim qöşni davlatlar ziyoratçilari singari 14-17-20 kun emas, balki 26 kunni taşkil etadi. Bu ham narxlarga öz taʼsirini körsatadi.

Idora haj uçun tölangan mablağ içiga nimalar kirişini batafsil sanab ötgan. Jumladan, aviareyslar, Mino, Arofat va Muzdalifa vodiylaridagi barça xizmatlar, 24 soat tibbiy xizmat, ziyoratçilarning tibbiy suğurtasi, 24 soat transport xizmati, 3 mahal isiq ovqat va qurbonlik röyxatdan örin olgan.

Maʼlum qilinişiça, Özbekiston tomoni Saudiya bilan olib borilgan uzoq muzokaralar natijasida mamlakat ziyoratçilari uçun iqtisodiy paket narxiga lyuks darajasidagi xizmat körsatişga erişgan va tölov uçun örta narxni belgilagan.

Idora ayrim davlatlarda eng qimmat paketlar narxi 25 ming dollargaça etib belgilangani eslatib ötgan.

Özbekistonlik ziyoratçilar 18 iyun kuni haj ziyorati uçun Saudiya Arabistoniga parvoz qilişni boşlaydi. Jönaş aviaqatnovlari 30 iyunga qadar davom etadi. Ziyoratçilar mamlakatning 7 ta hududi – Toşkent, Namangan, Samarqand, Qarşi, Buxoro, Urganç va Nukus şaharlaridan taşiş reja qilingan. Barça reyslar töğridan-töğri Madina şahriga amalga oşiriladi.

×