Prezident Şavkat Mirziyoyev aholining keng qatlamlari uçun hamyonbop yengil avtomobilning yangi zamonaviy modeli işlab çiqarişni topşirdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev aholining keng qatlamlari uçun hamyonbop bölgan yengil avtomobilning yangi zamonaviy modeli işlab çiqarişni topşirdi.
Şavkat Mirziyoyev imzolagan “Özbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlaniş böyiça qöşiça çora-tadbirlar töğrisidagi” qarorida 2019–2023 yillarda avtomobil sanoatini rivojlantirişning asosiy körsatkiçlari belgilab berilgan.
Xususan:
- yengil avtomobillar işlab çiqariş hajmini 350 ming donagaça oşiriş;
- yengil avtomobillarni mahalliylaştiriş darajasini örta hisobda 60 foizgaça yetkaziş;
- yuk avtomobillari va avtobuslar işlab çiqariş hajmini 10 ming donagaça oşiriş;
- avtomobillarning yillik eksport hajmini 100 ming donagaça yetkaziş;
- korporativ boşqaruvning zamonaviy usullarini, şuningdek, “YeRP” avtomatlaştirilgan hisobga oliş tizimini joriy etiş;
Şuningdek, qaror bilan aholining keng qatlamlari uçun hamyonbop bölgan yengil avtomobilning yangi zamonaviy modeli işlab çiqarilişini nazarda tutgan holda avtomobillarning modellar qatorini yangilaş belgilab qöyilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq 2019 yil 1 oktyabrdan keyin tuziladigan şartnomalar böyiça UzAutoMotors AJ tomonidan işlab çiqariladigan avtomobillarga aktsiz soliği bekor qilinişi haqida xabar qilgan edik. Bundan taşqari, Özbekistonda 1 oktyabrdan trade-in dasturi işga tuşiriladi. Unga köra eski avtomobilni qöşimça tölov bilan yangisiga almaştiriş mumkin böladi.









