Özbekistonning amaldagi prezidenti, ÖzLiDeP fraktsiyasidan körsatilgan nomzod Şavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga yetib bordi va saylovçilar bilan uçraşdi va viloyatdagi mehribonlik uylari haqida gapirdi.
| “Samarqanddagi mehribonlik uylarini mendan yaxşi biladigan odam yöq. Birinçi marta kelganimda u joylarga kirib bölmasdiBir tuman prokuraturasi çiroyli binoda ötirgan edi. Qarovsiz mehribonlik uyini öşa binoga köçirtirdim. Öşanda birinçi marta respublikaning sobiq prokurori bilan “bordi-keldi” gap böldi. “Men şu viloyatda hokimman, özim uçun qilmadim, bolalar uçun, xalq uçun qildim” degandim”, – deydi Şavkat Mirziyoyev. |
Taʼkidlab ötiş joiz, Mirziyoyev Samarqand viloyati marqand davlat universitetiga Şarof Raşidov nomini beriş taklifini bildirgandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida saylovçilar bilan uçraşgan edi.









