Yettinçi avlod pleyeri iPod touch kompaniya audiotexnika tarixida oxirgisi bölib qoladi. “Apple” öz biznesini yuritişda şu qarorga keldi.
Mazkur gadjet 3 yil avval taqdim etilgan edi. Bugungi kunda esa pleyer universal ayfonlar soyasida qolib ketdi. Auditoriyada unga nisbatan ehtiyoj pasayib, kam xarid körsatkiçlari işlab çiqarişni töxtatişni taqozo etdi.
iPod bozordan çiqib ketgaç, uning örnini qanday gadjet egallaşini kompaniya hozirça maʼlum qilmadi. Ayni vaqtda “Apple”dagilar iPhone SE yangi versiyasi ustida boş qotiriş bilan band.









