Apple yangi iPhone 13 smartfonlarini yetarliça mikrosxemalar bilan taʼminlaş uçun iPad işlab çiqarişni keskin qisqartirdi. Bu haqda “Nikkei Asia” manbalarga tayanib xabar bergan.
“Apple iPhone 13 uçun köproq komponentlar mavjud bölişi maqsadida iPad işlab çiqarişni keskin qisqartirdi. Bu global çip taʼminoti inqirozi kompaniyaga avval körsatilganidan ham qattiqroq taʼsir qilganidan dalolatdir”, deyilgan xabarda.
Manbalarga köra, sönggi ikki oy içida iPad işlab çiqariş Apple’ning dastlabki rejalaridan ikki baravar kamaygan. Bundan taşqari, eski iPhone modellari uçun möljallangan qismlar ham iPhone 13 işlab çiqarişga ötkaziladi.
iPad va iPhone modellari asosiy va periferik çiplarni öz içiga olgan bir qator umumiy komponentlarga ega. Bu Apple’ga maʼlum hollarda turli qurilmalar örtasida sarf materiallarini qayta taqsimlaş imkonini beradi.
Maʼlumot örnida, ötgan yili ham Apple iPad’ning baʼzi qismlarini iPhone 12 ga qayta tarqatgan.
1976 yilda taşkil etilgan Apple kompyuterlar, planşetlar, audiopleyerlar, telefonlar, “aqlli” soatlar va dasturiy taʼminot işlab çiqaradi.









