29 iyul kuni OKMK qoşidagi 3-boyitiş fabrikasi qurilişiga tamal toşini qöyişga bağişlangan tadbirda nutq sözlagan prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekistonning gaz eksporti haqida ham töxtalib ötdi.
“Bir vaqtlar Özbekiston eksporti asosan oltin, gaz va paxta hisobidan bölardi. Hozir gazning faqat 20 foizinigina eksport qilyapmiz. Savol tuğilişi mumkin, gaz qayerga ketyapti? Gazimizni özimizning sanoatimizga yönaltiryapmiz, iş örinlari yaratyapmiz.
Mening maqsadim umuman gazni çetga sotmaslik, sanoatga yönaltiriş, xalqimiz manfaatlari uçun işlatiş”, – dedi prezident.









