COVID-19 ni yuqtirganlar soni 14 milliondan oşdi

COVID-19 ni yuqtirganlar soni 14 milliondan oşdi

Butunjahon Soğliqni saqlaş taşkiloti 11 mart kuni yangi turdagi koronavirus infektsiyasi – COVID-19 tarqalişini pandemiya, deb eʼlon qilgan edi

Yangi turdagi koronavirus bilan zararlanganlar soni dunyo böyiça 14 milliondan oşdi, 600 mingdan ziyod odam virus qurboniga aylandi, deb xabar bermoqda Jons Xopkins universiteti.

OAV va boşqa oçiq manbalardan olingan maʼlumotlarni umumlaştirib boradigan universitet axborotiga köra, Moskva vaqti bilan 3.18gaça olingan maʼlumotlarda dunyoda koronavirusni yuqtirganlar soni 14 037 021 nafarga yetgani maʼlum bölgan. Şundan 600 665 kişi COVID-19 qurboniga aylangan. Şu vaqtgaça 7 818 409 kişi soğaygan.

Eslatib ötamiz, 18 iyul soat 10:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 15 896 kişiga yetdi.

Yangi kasallaniş holatlari(289 nafar)ning 38 nafari Karantin markazidagi (xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 52 nafari Sirdaryo viloyati, 98 nafari Toşkent şahrida, 40 nafari Andijon viloyatida, 20 nafari Samarqand viloyatida, 19 nafari Jizzax viloyatida, 9 nafari Qoraqalpoğiston Respublikasida, yana 9 nafari Namangan viloyatida hamda 4 nafari Navoiy viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Özbekistonda 9003 nafar koronavirus infektsiyasiga çalingan fuqarolar (57 %) soğaygan. 6813 nafar bemorga şifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar böyiça davo çoralari körilmoqda. Ulardan 70 nafari oğir, 11 nafari esa öta oğir ahvolda.
80 nafar bemor infektsiya qurboniga aylandi.

×