Özbekiston aholisi 38 milliondan oşdi

Özbekiston aholisi 38 milliondan oşdi

Joriy yilning 28 avgust holatiga köra, Özbekistonning doimiy aholisi soni 38 million nafardan oşdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasining onlayn yangilanib boruvçi maʼlumotlarida keltirilgan.

Unga köra, 28 avgust 09:50 holatiga Özbekistonning doimiy aholisi 38 million 25 kişini taşkil qilmoqda.

Şundan:

  • Erkaklar – 19 mln 136 ming 813 kişi;
  • Ayollar – 18 mln 863 ming 212 kişi.

Qayd etiş joiz, World Population Review portali maʼlumotiga köra, ayni damda Özbekiston aholi soni böyiça 234 mamlakat içida 43-örinda turibdi. Markaziy Osiyoda esa yetakçilik qilmoqda. Bu miqyosda Özbekistondan keyingi örinda Qozoğiston qariyb 21 mln aholi bilan ikkinçi örinda bölsa, 10,7 mln aholi bilan Tojikiston uçinçi örinda turibdi. 7,6 mln va 7,3 mln nafar aholiga ega Turkmaniston va Qirğiziston 4- va 5-poğonalardan joy olgan. Özbekistonga çegaradoş yana bir davlat Afğonistonda esa 43 milliondan ziyodroq aholi istiqomat qilmoqda.


Teglar:
×