Dunyoda koronavirusga çalinganlar soni 6,5 milliondan oşdi

Dunyoda koronavirusga çalinganlar soni 6,5 milliondan oşdi

Jahonda COVID-19ga çalinganlar soni 6,5 milliondan oşdi. 386 ming nafar bemor uşbu infektsiya qurboniga aylandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Xopkins universitetiga tayangan holda.

Uşbu infektsiya eng köp qayd etilgan davlat - AQŞdir. Kasallanganlar soni 1 851 520 taga yetgan, ölim holatlari 107 mingdan ziyod.

MDH davlatlari orasida koronavirus bilan boğliq vaziyat quyidagiça:

Umumiy zararlanganlar soni - 549 826 (+11 488); soğayganlar - 251 443 (+11 171); vafot etganlar - 6 886 (+220)

Eslatib ötamiz, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti 11 mart kuni COVID-19 - yangi turdagi koronavirus infektsiyasi tarqalişini pandemiya, deb eʼlon qilgan edi.

×