Hindistonda nomaʼlum kasallikni yuqtirganlar 800 dan oşdi, bir kişi vafot etdi

Hindistonda nomaʼlum kasallikni yuqtirganlar 800 dan oşdi, bir kişi vafot etdi

Hindiston rasmiylari ommaviy axborot vositalarida Andra-Pradeşda yangi nomaʼlum kasallik avj olgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Ştatning Ğarbiy Godavari okrugi inspektori Joşi Royning aytişiça, epidemiya koronavirus bilan boğliq emas. Hokimiyat suvning ifloslanişi sabab bölişi mumkin deb taxmin qilmoqda. “Biz suvning oğir metallar, fosfat organik moddalar, pestitsidlar bilan ifloslanişidan gumon qilamiz“, deydi inspektor. Royning sözlariga köra, umumiy holatlar soni 800 dan oşdi, bir kişi vafot etdi.

Joşi Royning qöşimça qilişiça, rasmiylar kasallik sababini aniqlaşga, şuningdek, aholi örtasidagi vahima bilan kuraşişga harakat qilmoqda. Şu bilan birga, uning taʼkidlaşiça, barça bemorlar kompyuter tomografiyasini ötkazgan va koronavirus uçun test topşirişgan. Lekin bu testlar salbiy natija bergan. “Şuning uçun bu kasalliklar örtasida heç qanday boğliqlik yöq“, deb xulosa qildi inspektor.

Nomaʼlum kasallik tarqalişi 6 dekabr kuni Hindistonning Andhra-Pradeş ştatining Eluru şahridan xabar qilingan. Bemorlar boş aylanişi, boş oğriği, epileptsiya, tösatdan huşidan ketiş, oğizda köpik paydo bölişi, qaltiraşdan şikoyat qilgan edilar. Mahalliy hokimiyat odamlar iflos havodan yoki sifatsiz oziq-ovqatdan kasal bölib qolişlarini taʼkidlaşmoqda.

×