Ukrainani taşlab qoçganlar 1 milliondan oşdi

Ukrainani taşlab qoçganlar 1 milliondan oşdi

Ukraina-Rossiya uruşi fonida Ukrainadan kelgan qoçqinlar soni bir million kişidan oşdi. Bu haqda bugun, 3 mart kuni Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Qoçqinlar böyiça Oliy komissarligi boşqarmasi maʼlum qildi. 

BMT Qoçqinlar boşqarmasi maʼlumotlariga köra, 24 fevraldan 2 martgaça Ukrainadan qöşni davlatlarga 1 milliondan ortiq odam qoçgan, ularning yarmidan köpi Polşada. 

Şunday qilib, 505 082 qoçqin Polşa, 139 686 Vengriya, 79 827 Moldova, 72 200 Slovakiya, 51 261 Ruminiya, 47 800 Rossiya va 357 Belarus çegaralarini kesib ötdi, yana 88 147 qoçqin Yevropa davlatlariga yetib keldi. 

Bu raqamlarga qöşimça ravişda BMT Qoçqinlar böyiça Oliy komissarligining xabar berişiça, 18-23 fevral kunlari Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlaridan 96 ming kişi Rossiyaga qoçgan.

×