SAVOL: Assalomu alaykum! Men uzoq qarindoşimning avtomobilidan işonçnoma rasmiylaştirmay tekin foydalaniş şartnomasi tuzgan holda foydalansam böladimi?
JAVOB: Ha, foydalanişingiz mumkin!
Özbekiston Respublikasining fuqarolik qonunçiligiga asosan avtotransport vositalarining egalari öz avtotransport vositalarini qonunçilikda belgilangan tartibda tekin foydalaniş şartnomasini tuzgan holda boşqa şaxslarga bepul foydalanişga berişlari mumkin.
Tekin foydalaniş şartnomasining tuşunçasi, uni qanday tuziş böyiça qonunçilik talablari hamda mazkur şartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari Özbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining
617-630-moddalari bilan belgilab qöyilgan.
Şuningdek
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 mart kunidagi “Avtomototransport vositalarini sotib oliş, ulardan foydalaniş va ularni boşqa şaxsga berişni tartibga solişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 38-son qaroriga ilova bilan tasdiqlangan “Avtotransport vositalari bilan boğliq bitimlarni rasmiylaştiriş tartibi töğrisida”gi Nizomga asosan
Avtomototransport vositalari bilan boğliq bitimlar (şuningdek tekin foydalaniş şartnomasi) notariuslar tomonidan notarial tartibda tasdiqlanişi kerak;
Avtomototransport vositalari bilan boğliq bitimlarni (şuningdek tekin foydalaniş şartnomasini) notarial tartibda tasdiqlaş faqat qatʼiy hisobda turadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega bölgan gerbli (maxsus) blankalarda amalga oşiriladi;
Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalari bilan boğliq bitimlar (şuningdek tekin foydalaniş şartnomasi) notarial tartibda tasdiqlangan paytdan boşlab 10 kun mobaynida Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati organlarida röyxatga oliş (hisobga qöyiş) uçun taqdim etilişi kerak;
Savolga Uyçi tuman adliya bölimi xodimi
Nodirbek Xasanov javob berdi.









