Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda avtomobillarning old yon oynalari uçun tölovlar bepul bölişi haqida xabarlar tarqalmoqda. YHXX axborot xizmati rahbari Zoir Yöldoşev buni rad etdi.
Zoir Yöldoşevning maʼlum qilişiça, haydovçilar uçun bir qator yaxşi yangiliklar aks etgan qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan, ammo gap avtomobillarning old oynalarini qoraytiriş bepul bölişi yoki arzonlaşişi haqida ketmayapti.
Özbekistonda ruxsat etilgan “tonirovka” turlari
Ayni paytda avtomobillar orqa yon oynalari va orqa oynani qoraytiriş uçun ruxsatnoma talab qilinmaydi va bu bepul amalga oşiriladi. Old eşiklar oynalarini qoraytiriş uçun ruxsatnoma oliş zarur. Ruxsatnoma yillik asosda beriladi. Avtomobillar orqa oynasining tusini, şuningdek, avtotransport vositalari old oynasining tepa qismi tusini 14 santimetrdan köp bölmagan “polosa” şaklida yoruğlik ötkazuvçanligi çeklanmagan darajada özgartiriş (qoraytiriş) ruxsatnomasiz, tasdiqlangan davlat standarti asosida amalga oşiriladi.
Ruxsatnoma oliş tartibi va tölovlar
Old eşiklar oynalarini qoraytiriş uçun ruxsatnoma oliş narxi BHMning 8 baravari (3 mln söm)ni taşkil etadi. “Tonirovka” uçun ruxsatnomani onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali oliş mumkin. Onlayn ariza topşirganda haydovçi 10 foizlik çegirma oladi.
Jarimalar
Ruxsatnomasiz “tonirovka” uçun jarima Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 126-1-moddasiga köra, BHMning 25 baravari (9 mln 375 ming söm)ni taşkil etadi.









