Oxirgi vaqtlarda rahbar xodimlar tomonidan byudjet mablağlaridan notöğri foydalaniş, ayniqsa, qimmatbaho avtomobil sotib oliş holatlari köpayib boryapti. Bu ham yetmaganidek, rahbarlar öşa avtomobillardan xizmat vaqtidan boşqa paytlarda ham foydalanyapti.
Şu sababdan Özbekistonda rahbar xodimlarning xizmat maşinasidan faqatgina iş vaqtida, xizmat maqsadida foydalanişini yölga qöyiş rejalaştirilyapti. Bu haqda Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi vakili Bahrom Burxoniddinov davlat xaridlarida oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş, tizimni takomillaştirişning dolzarb masalalari yuzasidan ötkazilgan matbuot anjumanida aytib ötdi.
Burxoniddinov xizmat avtomobilidan faqatgina iş böyiça foydalanişni nazorat qilişda jamoatçilikning ham maʼlum hissasi qöşilişi kerakligini taʼkidladi.
“Xizmat avtotransportlaridan faqat xizmat maqsadlarida foydalanilişi jamoatçilik tomonidan nazorat qilinişi hamda xizmatdan taşqari maqsadlarda foydalaniş holatlari aniqlanganda, Özbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligining maxsus veb-portaliga, şuningdek, maxsus mobil dasturiy taʼminotiga foto va video materiallarni joylaştiriş orqali xabardor qilinişi belgilangan.
Öylaymanki, mazkur hujjatning qabul qilinişi bugungi kun uçun juda dolzarb masalaga aylangan — byudjet mablağlarining maqsadli sarflanişi, uning ustidan jamoatçilik nazoratining örnatilişiga xizmat qiladi.
Yana bir masala borki, davlat byudjeti mablağlarining maqsadli sarflanişi yoki iqtisod qilinişini pandemiyaga yoki u sabab kelib çiqayotgan iqtisodiy masalalarga boğlaş ham töğri emas. U har bir davlat xizmatçisi, har bir fuqaro uçun dolzarb masala bölişi lozim. Şu maqsadda aholi noroziligiga sabab bölayotgan sohalardan davlat xaridlari va soğliqni saqlaş sohalarida “Korruptsiyasiz soha” loyihalarini amalga oşiriş tegişli mutasaddi idoralarga biriktirilgan”, deydi Bahrom Burxoniddinov.
Avvalroq, rahbar xodimlarning xizmat avtomobili klassi aniq belgilab berilişi haqida xabar bergan edik. Şuningdek, xizmat avtotransport vositasidan foydalanişning muddati ham belgilab qöyilyapti.









