“Javob umuman boşqaça bölişi mumkin”. Putin AQŞ va NATOni ogohlantirdi

“Javob umuman boşqaça bölişi mumkin”. Putin AQŞ va NATOni ogohlantirdi

Agar AQŞ va NATO Rossiya uçun xavfsizlik kafolatlarini berişdan boş tortsa, Moskvaning javobi umuman boşqaça bölişi mumkin, bunda variantlarni tanlaş harbiy ekspertlarning tavsiyalariga boğliq böladi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Rossiya-1” telekanali efirida aytib ötdi.  

“Bu juda boşqaça bölişi mumkin. Bu bizning harbiy ekspertlarimiz menga bildiradigan takliflarga boğliq”, degan u. 

Şu bilan birga, Prezident Rossiya bu boradagi muzokaralarning ijobiy natijalariga erişişga intilişini taʼkidlagan. 

Rossiya rahbari joriy yilning 23 dekabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Moskvaning keyingi harakatlari AQŞ bilan xavfsizlik kafolatlari böyiça muzokaralar borişiga emas, balki “bugun va tarixiy istiqbolda” Rossiya xavfsizligini sözsiz taʼminlaşga boğliq bölişini aytgandi. 

Putinning sözlariga köra, bu borada Rossiya tomoni “aniq va tiniq” “NATOning şarqqa keyingi harakatini qabul qilib bölmasligini” bildirgan. Prezident agar Rossiya öz raketalarini Meksika yoki Kanadaning AQŞ bilan çegarasiga joylaştirsa, amerikaliklar qanday munosabatda bölişidan qiziqqan.

Maʼlumot örnida, Ğarb matbuoti va siyosatçilari sönggi paytlarda Moskva Ukraina bilan çegarada qöşinlarini jamlayotganini taʼkidlab kelmoqda. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya öz qurolli kuçlarini öz hududi va öz xohişiga köra köçirayotganini, uning harakatlari heç kimga tahdid solmasligini va heç kimni bezovta qilmasligi kerakligini aytib kelmoqda. Moskvaning taʼkidlaşiça, “Rossiya tajovuzkorligi” haqidagi xabarlar çegara hududlarida NATO kuçlarini töplaş uçun bahona sifatida foydalanilmoqda.

×