Niqobga spirt surtsa, koronavirus yuqmasligi rostmi?

Niqobga spirt surtsa, koronavirus yuqmasligi rostmi?

AOKA huzuridagi ştabda bölib ötgan brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi rahbari Nurmat Otabekov koronavirus infektsiyasi borasida aholidan tuşgan savollarga javob qaytardi:

— Pandemiya davrida dorixonalarda dori vositalari narxi kötarilayotganini tartibga soliş böyiça qanday çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda?

— Respublika maxsus komissiyasi uşbu masala yuzasidan muntazam iş olib bormoqda. Komissiya bu borada prokuratura, Soliq inspektsiyasi, Farmatsevtika agentligiga dori-darmon vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari narxi oşişiga yöl qöymaslik böyiça tegişli topşiriqlarni bergan.

— Koronavirusdan ölganlarning köpçiligi ortiqça vazndan aziyat çekişgan deb eşitdim, bu qançalik haqiqatga yaqin?

— Töğri, koronavirusdan vafot etganlarning aksariyatida ortiqça vazn, surunkali kasalliklari borligi rost maʼlumot. 

Ortiqça vazn nafaqat koronavirus kasalligida, balki, boşqa köplab yuqumli kasalliklarga çalinganda ham qöşimça muammolarni keltirib çiqarişi mumkin.

— Uy şaroitida dokadan qilingan niqobga spirt tomizib yuring koronavirus yuqmasligini taʼminlaydi, degan videolar tarqalib ketdi. Bu usul qay darajada samarali, agar bunaqa kilib yurilsa spirt paridan zaharlanib kolmaydimi odam?

— Aksariyat antiseptik vositalar tarkibidan spirt borligi haqida biz bilamiz va eşitganmiz. 

Spirt pari bilan nafas oliş, yuqori nafas yöllaridagi virusni öldirişi böyiça alohida izlanişlar olib borilib, ijobiy tasdiqlangan maʼlumotlar olinganligi haqidagi axborotlarga közimiz tuşmadi.

Ammo bilib-bilmay, meʼyordan ortiq işlatiş albatta salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkinligini heç kim esdan çiqarmasligi kerak.

— Koronavirus bilan öpka pnevmoniyasi kasalliklari bir biriga boğliq kasalliklarmi?

Pnevmoniya kasalligi bu öpkaning yalliğlanişi bölib, uning yuzaga kelişida sabablar juda köp. Baʼzi holatlarda pnevmoniyalar bakterial, virusli, zamburuğli etiologiyali bölişi mumkin.

Koronavirus kasalligining eng jiddiy asoratlaridan biri - bu pnevmoniya hisoblanadi. Özbekistonda qayd etilayotgan koronavirusdan ölim holatlarining aksariyati aynan uşbu asorat bilan boğliq.

×