Habibning "UFC"ga qaytayotgani rostmi?

Habibning "UFC"ga qaytayotgani rostmi?

Yengil vaznda sobiq UFC çempioni Habib Nurmagomedov jamoasidagi afsonaviy dösti Daniel Kormening fikriga munosabat bildirdi.

Ikki vaznda sobiq UFC çempioni hisoblangan Korme agar Çarlz Oliveyra çempionlik jangida Islam Maxaçevni mağlub etib qöysa, Habib oktanonga qaytişi mumkinligi haqida gapirgan edi.

"Di Si har doim turli öyinlarni boşlagan va hozir ham şunday qilyapti. Albatta, vaziyatga real qarasak, bu muxlislar uçun ajoyib yangilik bölar edi. Aqlbovar qilmas drama, lekin men Islamni kimdir yutib qöysa, öşa paytdagi emotsional holatim qanday bölişini tasavvur ham qila olmayman", - dedi Habib.

"Men Islam bilan bolalikdan otamning qöl ostida çamasi 20 yil maşğulot ötkazdik. Keyin birgalikda havaskor faoliyatimiz boşlandi. Navbati bilan professionalga ötdik. Şu ötgan 20 yil davomida biz greppling, sambo va aralaş yakkakuraş böyiça doimiy tarzda raqobatlaşib keldik. Islamni mağlub etişga çoğlangan 300 nafardan ziyod sportçini kördim. Urinişlarning bari çippakka çiqqan. Şu boisdan ham, agar Çarlz Islamni mağlub etsa, biz uning mahoratiga tan beramiz. Albatta, bu holat röy bersa, men özimni yomon his qilaman. Ammo, Kormening bu gaplari Habib şunday holatda oktagonga qaytişiga xizmat qilmaydi".

Şuningdek, Habib Nurmagomedov Islam Maxaçev va Çarlz Oliveyra örtasidagi ehtimoliy jangning Abu-Dabi yoki Rio-de-Janeyroda ötkaziliş variantiga ham töxtatlib ötdi.

"Çarlz va Islam zrtasida vakant qolgan çempionlik kamari uçun jang ötkazilsa, adolatdan bölar edi. Oçiğini aytaman, agar jang manzilini belgilaşni menga qöyib berişsa, Braziliyani tanlagan bölar edim. Islam Çarlz Oliveyrani uning vatanida mağlubiyatga uçratişini xohlayman. Çempionning vataniga borib, kamar bilan ortga qaytiş bu söz bilan tasvirlab berilmaydigan hissiyotlarni taqdim etadi. Bu jang haqida yaqin 50 yil davomida gapirişadi, muhokama qilişadi. Işonçim komil, bu Islamga ham yoqadi".

"Keyin UFC dekabr oyida Braziliyada katta şou ötkazmoqçi ekanini eşitdim. Bu bizga ham maʼqul keladi. Çarlz Oliveyraning murabbiyi "Braziliyaga kelinglar", deganmidi. Bu borada bizda muammo yöq. Islam Braziliyaga boradi va Çarlzdan öziga tegişli bölgan narsani olib, uyga qaytadi", - deya sözlariga yakun yasadi Nurmagomedov.

×