Ijtimoiy tarmoqlarda Xitoyda qotil qovoğarilar çiqqani haqidagi videolar keng tarqaldi. Bunga Xitoyda tadqiqot olib borayotgan biolog Baxtiyor Şeraliyevnng quyidagi izohi bilan tanişişingiz mumkin.
Uşbu savol sönggi kunlarda menga juda-juda köp yuborilmoqda. Bu ari yoki qovoğari Xitoydan tarqalgani iddao qilinmoqda va uni koronavirusdan ham xavfli deyişmoqda. Xöş, aslida bu qanday haşarot va u nega endi kun tartibiga çiqib qoldi?
Bu özi qanday haşarot?
Ijtimoiy tarmoqlarda vahimasi tarqalayotgan videolarda katta ehtimollik bilan Osiyo gigant qovoğarisi (Vespa mandarinia) haqida söz bormoqda. Bu haşarot pardaqanotlilar (Hymenoptera) turkumining haqiqiy arilar (Vespidae) oilasiga kiradi. Ölçami böyiça dunyodagi eng yirik qovoğari hisoblanadi. Uzunligi 45 mm.gaça, qanotini yoygandagi köndalang ölçami 75 mm.gaça, nişining uzunligi esa 6 mm.gaça yetadi.

2019 yilning dekabr oyida uşbu qovoğari AQŞda ilk bor qayd etildi. Joriy yilning may oyi boşlariga kelib esa ingliz saytlari qovoğari haqida yoza boşladi.
Qayerlarda uçraydi?
Uşbu qovoğari Osiyo qitʼasining janubiy, janubiy-şarqiy qismidan to Rossiyaning Uzoq şarq mintaqasigaça bölgan hududlarda yaşaydi. Uni tabiiy holda Hindiston, Bangladeş, Xitoy, Tayvan, Laos, Tailand, Myanma, Vetnam, Nepal, Yaponiya, Koreya davlatlari hududida uçratiş mumkin. Uşbu haşarot tabiatda – toğli hududlardagi örmonlarda yaşaydi. Asosan boşqa haşarotlar, ayniqsa, koloniya hosil qiluvçi haşarotlar bilan oziqlanadi.
U çindan ham zaharlimi? Bir çaqişda odamni öldiradimi?
Ha, bu haşarot haqiqatdan ham zaharli, uşbu qovoğari zahari neyrotoksik xususiyatiga ega bölib, uni mandaratoksin deyişadi. Odamni çaqqanida allergen reaktsiya çaqiradi va anafilatik şok holati yuzaga keladi, baʼzan yurak töxtaşiga ham sabab bölişi mumkin. Bu esa mana şunday haşarotlarning çaqişiga allergiyasi borlar uçun juda xavfli hisoblanadi. Lekin bu ari bir çaqişda odamni öldiradi degan xulosani bermaydi. Odam ölişi uçun uşbu qovoğarining kamida 40-50 tasi birdaniga çaqişi kerak böladi.
Bu qovoğari çaqişidan yiliga neçta odam halok böladi?
Yaponiya statistikasiga qaraydigan bölsak, 2001 yildan beri mamlakat hududida turli pardaqanotlilar çaqişidan halok böladiganlar soni 12-26 ta oraliğida bölar ekan, lekin bular orasida aynan Osiyo gigant qovoğarisi çaqişidan halok bölganlar kamçilikni taşkil qiladi. 2013 yilda Xitoyning Şaanxi provintsiyasida aynan mana şu qovoğari çaqişidan 41 kişi vafot etgani qayd qilingan.
Nima qiliş kerak?
Agar holatga ilmiy yondaşadigan bölsak, bu qovoğari bugun yoki keça paydo bölib qolgani yöq, u kamida million yillar avval paydo bölgan va mana şu hududlarda yaşagan. Odatda to bir biologik tur yaşaş areali boşqa tur, masalan bu yerda odam tomonidan egallab olinmagungaça turlar bir-biriga zarar keltirmaydi. Tabiat muvozanati mana şunday işlaydi. Tabiiyki, Yer yuzida odamlar soni oşgaç, ular yaşaş joyi va ekin ekiş uçun yangi yerlarni özlaştira boşladilar. Mana şu jarayonda uşbu qovoğarilarning yaşaş muhiti ham odamlar tomonidan özlaştirildi va natijada ular odamlar bilan tez-tez töqnaşadigan holat yuzaga keldi. Oqibatda esa qovoğari çaqişidan har yili neçadir odam halok bölmoqda.
Men biolog sifatida bunga normal holat deb qarayman. Har bir turda tabiat tomonidan berilgan özini himoya qiliş instinkti bor. Ayni vaqtda qovoğarilar ham şu instinktidan foydalanmoqda. Qovoğari çaqmasin desangiz uning hududlariga bormang, iniga çöp suqmang, tabiatga kamroq taʼsir ötkazing, şunda qovoğari çaqmaydi, joningiz yoningizda qoladi.









