SSV Özbekistonda koronavirusning 69-qurboni haqida xabar berdi.
Piskent tumanida yaşovçi, 37 yoşli M.M.da (erkak) joriy yil 3 iyulda hansiraş, yötal paydo bölgan va uy şaroitida davolanişni boşlagan.
Ammo ahvoli oğirlaşavergaç, şu yilning 9 iyulda tez tibbiy yordam maşinasida Zangiota köp tarmoqli yuqumli kasalliklar şifoxonasining reanimatsiya bölimiga yotqizilgan.
12 iyul kuni esa bemorda öpka arteriyasi tromboemboliyasi belgilari boşlangan va sunʼiy nafas oliş apparatiga ulangan. Unga “COVID-19” infektsiyasi öta oğir keçişi, ikki tomonlama pnevmoniya taşxisi qöyilgan. Kasallik öpka arteriyasi tromboemboliyasi, ötkir nafas yetişmovçiligi bilan keçgan.
Şifoxonada bemorning davolanişi davomida şifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolaş jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq şifokorlar tomonidan standartlar asosida ötkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin oğirlaşib, öpka arteriyasi tromboemboliyasi, ötkir nafas va öpka-yurak yetişmovçiligidan vafot etgan.









